So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  8 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  70 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  112 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Eldor Adhamov nima uchun “Paxtakor”ga o'tishi amalga oshmagani haqida aytib berdi Yangiliklar

Eldor Adhamov nima uchun “Paxtakor”ga o'tishi amalga oshmagani haqida aytib berdi

Iqtidorli posbon Eldor Adhamov yaqinda “Paxtakor” mashg'ulotlarida ishtirok etayotgandi.

 Ammo uning “sherlar” safiga o'tishi amalga oshmadi. Aniqrog'i, 26 yoshli posbon joriy mavsumni ham yana “Andijon”da o'tkazishga qaror qildi.  

- Sizni “Paxtakor” mashg'ulotlarida ko'rgandik. Ammo yaqinda yana “Andijon”da qolishiz aniq bo'lgani haqida xabar chiqdi. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritib o'tsangiz?

- O'tgan mavsum yakuniga etgach, “Paxtakor” rahbariyati tomonidan menga taklif bo'lgandi. SHunda gaplashganimizda, “sherlar”ning ikki nafar posbonidan biri jamoani tark etishi haqida aytib o'tishgandi. Jamoaning o'quv-yig'in mashg'ulotlariga qo'shilib, ular bilan birga shug'ullanib shunga amin bo'ldimki, har ikki asosiy darvozabonning ham amaldagi shartnomasi yakuniga etmagan. Ularni jamoada qolish istagi mavjud. SHuning uchun “Paxtakor”ga o'tib, zaxirada navbatim kelishini kutib o'tirgandan ko'ra, yanada o'sish va rivojlanish maqsadida “Andijon”ga qaytish qaror qildim. Qolaversa instagram sahifamda bir kunda 200dan ortiq sms xabarlar keldi. Yani mahalliy muxlislar meni “Andijon”dan ketmasligimni so'rab, murojaat qilishdi. Albatta bu har qanday futbolchiga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Aynan ushbu omillar ham meni yana Andijonga qaytib kelishimda muhim rol o'ynadi.  

- Tan olish kerak,  “Paxtakor”da raqobat kuchli. Bu ham Toshkent jamoasiga o'tmasligingizga sabab bo'ldimi?

- To'g'ri aytib o'tdingiz. Xaqiqatdan ham, “Paxtakor”da bugungi kunda O'zbekistonning eng yaxshi ikki nafar posbonlari o'ynab kelmoqda. Lekin bu jihat meni raqobatdan qo'rqqanimni yoki oldindan qo'l ko'tarib qochganimni anglatmaydi. Ustozlarim va o'zimga yaqin insonlar bilan bu borada maslahatlashganimda, ular ham eng yaxshisi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan jamoaga o'tib, faoliyatimni davom ettirishimni bildirishdi. Sport formamni yanada yuqori darajaga olib chiqqan xolda, yangi qirralarimni ochish men uchun juda muhim. Buning uchun “Andijon” menga har tomonlama qulay variant ekanligini xis qildim. Qolaversa rahbariyat tomonidan taklif etilgan shartnomaning moddiy tomonlari bilan bosh murabbiyning istagi ham meni “Andijon”ga qaytishimga turtki berdi.   

- Oldingizda Superliganing boshqa klublaridan ham takliflar bormidi?

- Albatta. CHempionat yakuniga etishi bilanoq, bitta jamoadan menga yaxshigina taklif bo'ldi. SHunda ularga men shoshilmasligimni aytdim. “Paxtakor”ning chorlovi meni ko'proq o'ziga qiziqtirayotgandi. Bu jamoaga o'tmasligim aniq bo'lgach, Superliganing yana ikki jamoasidan qo'ng'iroq bo'ldi. Yashirmayman, ularning orasida sobiq jamoam “Bunyodkor” ham bor edi. Ammo “Andijon”da ham meni kutishayotgandi. SHu sababli bu jamoa bilan PRO-Ligada ham o'ynab, shu yilning o'zidayoq yana Superligaga qaytarish uchun yordam berishga qaror qildim. 

- Superligada ishonchli o'yinlaringiz bilan ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdingiz. PRO-Ligada o'ynash ortga tashlangan qadam bo'lmasmikin?

- Bilasizmi shu kungacha meni ham aynan shu savol o'ylantirdi. Men sizga aytsam, “Andijon” PRO-Liga klubi emas. Moddiy tomondan sharoitlar yaxshilangan. Superliganing 30-40 foiz jamoasidan nisbatan yaxshi deyishim mumkin. Yuqorida aytib o'tganimdek, “Andijon”ga qaytishimni istagan muxlislar ko'p bo'ldi. Qolaversa rahbariyatning ishonchi va bosh murabbiyning istagi meni yana jamoada qolishimni taminladi. Viktor Kumikov davrida Superligada debyut qilib, aynan uning ishonchi evaziga o'ynab ketganman deb hisoblayman. SHuning uchun men ham qiyin vaziyatda tashlab ketishni istamadim. Nasib qilsa PRO-Ligada ham yuqori sport formaga ega bo'lib, barqaror o'yin ko'rsatgan xolda, o'sishga erishaman.

- PRO-Ligada ham bu yil kurash qizg'in kechishini hozirdan tahmin qilish qiyin emas. Sizningcha “Andijon” Superliga yo'llanmasi uchun asosiy davogarmi?

- Xudo xohlasa albatta oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz. Buning uchun tinimsiz mexnat qilamiz. Hammamiz birgalikda xarakat qilamiz. Yuqorida aytib o'tganimdek, jamoada sharoitlar yaxshi. Tarkibga yana 2-3 nafa tajribali o'yinchilar jalb etilsa, o'ylaymanki kurashchan jamoa sifatida shakllanamiz. Muhimi jamoani har qanday vaziyatda qo'llab-quvvatlab turadigan sodiq muxlislarimiz bor. Jamoani o'z xoliga tashlab qo'ymaydigan rahbariyatimiz bor. To'g'ri yo'lni ko'rsatadigan murabbiyimiz bor deb o'ylayman. SHuning uchun nasib qilsa bu yil Superligaga chiqamiz. Keyinchalik yuqori o'rinlar uchun ham kurashamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика