Elbek To'lqinov: “Hamjihatlik evaziga g'alaba qozondik”
27 sen 2022 20:15
Yangiliklar
Elbek To'lqinov: “Hamjihatlik evaziga g'alaba qozondik”
"B" guruhi doirasida O'zbekiston futzal terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi. Unda vakillarimiz yirik 8:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan keyin terma jamoamiz futbolchisi Elbek To'lqinov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yinni juda yaxshi boshladik. Aytaylik, yaratilgan imkoniyatlarimizdan to'g'ri va oqilona foydalandik. Bu esa g'alabamizga sabab bo'ldi. Jamoamiz bilan hamjihatlik bilan harakat qildik va bu esa bizga muvaffaqiyat olib keldi.
Uchrashuvda Turkmaniston ham yaxshi o'ynadi. Umuman olganda, yaxshi jamoa ekan. Ularning keyingi o'yinlariga omad tilayman.
Quvaytda musobaqa uchun barcha sharoitlar yaxshi yaratilib berilgan. CHempionat bahslari endi boshlandi. Xudo xohlasa, o'yinlar turdan-turga yanada qizg'in va kurashlarga boy kechadi”, - deya so'zini yakunladi To'lqinov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar