So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  8 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  112 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Elbek Ravshanov: "Agar "Obod" totalizator tufayli chetlatilgan bo'lsa bu juda to'g'ri qaror" Yangiliklar

Elbek Ravshanov: "Agar "Obod" totalizator tufayli chetlatilgan bo'lsa bu juda to'g'ri qaror"

Toshkentning "Obod" klubi mavsum yakuniga etmay turib PFL qaroriga ko'ra elitadan chetlatildi.

Oliy liganing 20-turi doirasidagi “Obod” – “So'g'diyona” (2:4) va 22-turidan o'rin olgan “Obod” – “Nasaf” (0:6) o'yinlarida qayd etilgan natijalarning shubhali ekanligi aytilgan “Federbet” xalqaro notijorat federaciyasining O'zbekiston Futbol Federaciyasiga yozgan xati ham O'zPFL Ijroqo'mining yakuniy qaror qabul qilishida asos bo'lib xizmat qildi. Biz "Obod" futbolchisi Elbek Ravshanov bilan bog'lanib intervyu olishga qaror qildik.

- Qanday qilib futbolchi bo'lgansiz?  
- Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tug'ilganman. Yoshligimdan dadam futbolchi bo'lishimni istaganlar. Yurishni boshlashim bilan menga to'plar olib kelib bergan ekanlar. Esimni taniganimdan buyon futbol bilan oshnoman. Men uchun futboldagi birinchi murabbiyim aynan dadam hisoblanadi desam mubolag'a bo'lmaydi. 4-sinfga o'tganimda Termiz shahridagi "Dinamo-Hamkor" jamosiga qatnay boshlaganman. Tajribali murabbiy Ahmad Eshqurbonov qo'l ostida futbol sir asrorlarini o'rgana boshlaganman.

- "Bunyodkor"ga o'tish qanday bo'lgan?
- "Quruvchi" klubi tashkil topganida har bir viloyatda musobaqalar o'tkazgan. Maqsad viloyatlardan mahoratli futbolchilarni klub akademiyasiga jalb qilish bo'lgan. Sergey Lushan Termizga kelib musobaqani kuzatgan va o'yinlarim orqali meni "Quruvchi"ga taklif qilgan. Termizdan men bilan Javohir Qahramonovni tanlab olishgandi. Qahramonov hozirda "Buxoro"da o'ynayotganidan xabaringiz bo'lsa kerak.

- Nima uchun shu paytga qadar "Bunyodkor" klubining asosiy tarkibida o'ynay olmayapsiz?
- To'g'risi bu savolga javob berishim qiyin. Balki murabbiylarning ishonchi yoki o'yin amaliyotim kamligi bo'lsa kerak. Balki shu sabablar bo'lsa kerak.


- Yoshlikda qaysi futbolchilarga havas qilgansiz?
- Yoshligimda angliyalik Maykl Ouenning o'yinlariga qiziqardim. Ajoyib gollar urishi menga juda yoqardi. Maydonda juda engil harakat qilar edi. "Liverpul" safida ajoyib o'yinlar o'tkazgandi.

- Sizni maydonda ko'plab joylarda o'ynashingizni ko'rganmiz. Aslida ampluangiz qaysi?
- Kichkinalimdan Sergey Ivanovich Lushan o'ng qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynatardilar. O'tgan yil Hikmat Ergashev qo'l ostida "Bunyodkor" yoshlari tarkibida qanot himoyachisi bo'lib o'ynadim. "Buxoro"ga ham himoyachi bo'lib o'tdim. O'zimga qanot hujumchisi bo'lib harakat qilish yoqadi. Lushan shuningdek oz muddat maydon markazida ham o'ynatgandi.  

- "Obod"ga o'tish fikri kimdan chiqdi?
- Birinchi davra tugab "Buxoro"dan ketib "Bunyodkor"ga qaytganimdan so'ng klubdagilar menga "Obod" qiziqayotgani haqida aytishdi. Ikkilanmay bu taklifga rozi bo'lganman. Sababi birinchi ligada "Obod" safida o'ynagandim. O'yin amaliyoti ko'p bo'lishi uchun bu klubga o'tishga qaror qilgandim.

- "Obod"da muhit qanday edi? Jamoa ikkinchi davra oldidan deyarli oliy ligadan tushib ketib bo'lgandi...
- Muhit yaxshi edi. To'g'ri jamoa yangitdan tuzilgandi. Ammo ukrainalik murabbiy Vadim Demchenko tajribali edi. Bilasizmi, o'yinlarda raqiblarga yaqqol yutqazmaganmiz. O'yinchilarning yoshligi, tajriba etishmasligi tufayli imkoniyatni boy berib qo'yaverdik. Har o'yinda yutqazamiz deb tushmasdik. Harakat qilardik, ammo...


- PFL "Obod"ni totalizator kompaniyasining xati tufayli oliy ligadan chetlatdi. Jamoa futbolchisi sifatida bunga qanday munosabatdasiz?
- Bizga bu narsalarni bizga aytishmadi. Faqat PFLga badal puli to'lanmagani uchun oliy ligadan chetlatilganini aytishgandi. Totalizator haqida umuman xabarim yo'q, aloqam ham yo'q. Agar rostan ham shunday narsalar bo'lgan bo'lsa O'FFning qarori to'g'ri va jazo to'g'ri berildi deb hisoblayman.


-  "Obod"dan ketgach hozirgacha nimalar bilan bandsiz?

- "Obod" futbolchilari bu mavsumda hech bir klubga o'ta olmasligi barchaga malum. SHu bois men "Bunyodkor"ga qaytdim va ikkinchi liga jamoasida o'ynab turibman. O'yin amaliyoti va jismoniy holatim tushib ketmasligi uchun.

- Adashmasam, "So'g'diyona" bilan o'yinda ilk bor dublga erishdingiz...
- Ha, "So'g'diyona" bilan o'yinda oliy ligadagi birinchi golimni urdim va xuddi shu kuni ilk bor dublga ham erishdim.

- Keyingi mavsum qaysi klubda o'ynaysiz?
- "Bunyodkor" bilan 2019 yilga qadar shartnomam bor. Keyingi yil qaerda o'ynashimni klub rahbariyati hal qiladi. Ular nima deyishsa shu bo'ladi. Agar qol deyishsa shu erda qolaman, agar ijaraga berishsa bunga rozi bo'laman.

- Sizning nazaringizda bu yilgi oliy liganing eng yaxshi uch nafar futbolchisi kim?
- Bu mavsumda Ivan Nagaev, Marat Bikmaev va Dostonbek Hamdamovni alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Aynan ular boshqalardan kuchliroq o'ynashdi deb o'ylayman.

- Endi oliy ligada 16ta emas 12ta klub ishtirok etadi. Bu yaxshimi yoki yomon?
- Buni endi keyingi yilgi chempionat boshlangach bilamiz. O'FFga va PFLga yangi rahbarlar kelishdi. Futbolimiz o'sishi uchun harakat qilishmoqda. Balki bu qaror to'g'ridir deb o'ylayman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика