So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  0 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Ektor Kuper: "Ummon men kutgandan ham kuchliroq ko'rindi" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Ummon men kutgandan ham kuchliroq ko'rindi"

Osiyo Kubogi doirasidagi O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida vakillarimiz bosh murabbiyi Ektor Kuper qatnashdi.

"Uzoq kutilgan o'yinni o'tkazdik va g'alaba qozondik. Natijadan barcha xursand. Ummon men kutganga nisbatan birmuncha kuchliroq ko'rindi. Bu kabi tezkor va hujumkor o'yin ko'rsatishini kutmagandim ochig'i. Menimcha, har ikkala taym ikki xil ko'rinishda bo'ldi. Birinchi bo'limda biz yaxshiroq o'ynadik. Ikkinchi taymda esa jamoa bo'shashdi. Natijada o'yin tenglashdi. Ammo uchrashuv so'nggida omad biz tomonda bo'ldi va g'alabani tantana qildik. Muhimi startni alo kayfiyat  bilan boshladik", - deya so'z boshladi Ektor Kuper.


- Ikkinchi bo'limda o'yinni chuqur himoyadan boshlash sizning rejangizmidi? (SHuhratbek Jo'raev, "Futbol Ekspress" gazetasi)
- Aynan shunday ko'rsatma berganim yo'q. Men jamoadan ko'proq to'p bilan muomula qilib, o'yinni nazorat qilishni takidlagandim. Lekin Ummonning tanaffusdan keyingi o'yini ko'p narsani o'zgartirib yubordi. SHuning natijasida himoyalanishga majbur bo'ldik. 

- Osiyo Kubogi endi boshlandi. Lekin mening nazarimda futbolchilarimiz tetik ko'rinishmayotgandek... (Xayrulla Xoliqov, "championat.asia")
- Futbolchilarimiz charchagan edi deya olmayman. Lekin ularda asabiy holat kuzatildi. SHu boisdan ham sizga tetik emasdek ko'ringan bo'lishi mumkin.

- Pozicion hujumlar tashkil etishda muammolar ko'rinib qolmoqda. Birinchi gol standart vaziyatidan, yani Ahmedovning individual mahorati evaziga, ikkinchi gol esa murabbiyning topqirligi evaziga tushirilgan SHomurodovning individual mahorati tufayli urildi. Marat Bikmaev va Javohir Sidiqovning o'yini haqida fikringizni bilmoqchi edim (SHahboz Beg'amov, "championat.asia")
- Men doim jamoaviy o'yinga etibor qarataman. Alohida futbolchilarni yoki ularning individual harakatlarini tahlil qilmayman. Ular bilan yakkama-yakka gaplashib, bazi narsalarni muhokama qilishim mumkin. Lekin futbolchilarga alohida baho bermayman.

Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика