So’nggi yangiliklar

16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  2 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  1 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  1 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  2 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  5

Ektor Kuper: "O'yinimizdan qoniqdim. Hindistonni mag'lub eta olamiz" Yangiliklar

Ektor Kuper: "O'yinimizdan qoniqdim. Hindistonni mag'lub eta olamiz"

Osiyo kubogi "B" guruhining ikkinchi turidan o'rin olgan Suriya va Avstraliya (0:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng suriyaliklar bosh murabbiyi Ektor Kuper matbuot anjumanida qatnashishdi

- O'yin haqida qisqacha fikringiz?

- Natijadan xursand emasman. Yigitlarning o'yinidan esa qoniqdim. Raqib juda kuchli edi. Bizga etmagan narsa bu vaziyatlardan foydalanish bo'ldi, ammo o'yinimizdan mamnunman.

- Natijada yoqmagani aniq, ammo biz faqatgina birgina gol farqi bilan yutqazdik. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz hozirda qanday?

- Ikki o'yinda bir dona gol o'tkazish albatta yaxshi. Uchinchi o'rinda Hindistonga qarshi o'ynaymiz. Bu uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak. Menga yigitlarning o'zlariga bo'lgan ishonchlari yoqmoqda. Jamoadagi yangi o'yinchilar o'yindan o'yinga ochilib borishmoqda. O'ylaymanki, Hindistonni mag'lub eta olamiz.

- Bugun etishmagan narsa vaziyatni yakunlash ekanini aytdingiz. Balki, bu Omar Al Soma yoki shunga o'xshash hujumchining yo'qligi bilan bog'liqdir?

- Bizda kuchli hujumchi bor. Gap omadda bo'lsa kerak. Agarda vaziyat yarata olmaganimizda ko'proq tashvishga tushardim. Biz esa ancha vaziyatga ega bo'ldik va raqib himoyasini sarosimaga sola oldik. Jamoaning o'yinidan to'liq qoniqdim.

- Bugun o'yin davomida juda ko'p marta asabiylashdingiz. Bunga sabab nima bo'ldi?

- Har bir murabbiy uchun bu normal reakciya hisoblanadi. Futbolning jozibasi shundan iborat.

- Birinchi bo'limda jamoamiz juda yaxshi o'ynagandi, ikkinchi taymda esa aksincha. Zaxira o'rindig'ida sizda juda ko'p variantlar bor edi. Nega ko'proq o'zgarishlarga qo'l urmadingiz?

- O'zgarishlar masalasida har bir murabbiy o'yinchilarning holatiga qarab ish tutadi. Har bir mutaxassisning o'z qarashlari bor. Men shunday qilishni istadim.

- Guruh bosqichidagi o'yinlarimizdan kelib chiqib, keyingi o'yinda g'alaba qozonishimizga qanchalik ishonyapsiz?

- Muxlislardan umidni so'ndirmasliklarini so'rayman. Bugun juda yaxshi harakat qildik. Keyingi o'yinda bazi o'zgarishlarni amalga oshiramiz va g'alaba qozonamiz. Bu Suriya uchun tarixiy natija bo'ladi.

Jalolxon Inog'omxo'jaev yozib oldi

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика