So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Eksklyuziv. Vadim Abramov - Oston O'runov, Sardor Rashidov va Eron bilan o'yin haqida Yangiliklar

Eksklyuziv. Vadim Abramov - Oston O'runov, Sardor Rashidov va Eron bilan o'yin haqida

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Eron bilan ertangi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Yaxshi raqib, yaxshi o'yin kutyapmiz. Ko'p futbolchilarimizni anchadan buyon o'yinda ko'rganimiz yo'q, ular ayni paytda qanday holatda ekanligini ko'rmoqchimiz. Bunday kuchli raqib bilan bahsda futbolchilarni sinovdan o'tkazib olamiz", - deydi Abramov.

- Oston O'runov bilan bog'liq holatga oydinlik kiritsangiz...
- O'runov klubida kichik jarohati bilan o'ynagan ekan. Biz tavakkal qilmadik. Terma jamoada o'ynasa uni og'irlashtirib olishi mumkin. Agar O'runov jarohatini og'irlashtirib olib "Spartak"da ham o'ynamasa barcha uchun yomon bo'lardi.

- Krimecga nima bo'ldi?
- U mashg'ulotda mushaklarini tortib oldi. SHifokor mikrojarohat deb aytdi. Qatardagi maydonlar qattiqroq, bu erdagi maydon esa yumshoqroq. SHu bois mashg'ulot vaqtida tezlik olganda kichik jarohat oldi. U o'ynay olardi, ammo tavakkal qilmadik.

- Sardor Rashidov nima uchun yig'inga chaqirilmagani qiziqtirmoqda...

- Bilasizmi, bizda uning joyida o'ynaydigan ko'plab futbolchilar bor. Yaxshiboev, Bozorov, Turg'unboev... Bundan tashqari ushbu yig'indan oldin Rashidov bilan bog'langanimizda o'ziga yangi klub qidirayotganini malum qildi. SHu bois unga xalal bermaslikka qaror qildik.

- Bu yig'inga ham yangi darvozabonni chaqirdingiz. Rahimjon Davronov ilk bor chaqirildi...

- To'g'ri aytdingiz, har yig'inda yangi posbonni chaqirayapmiz va ular bilan tanishyapmiz. Mashg'ulotlar vaqtida darvozabonlarning imkoniyatlarini ko'rib chiqyapmiz. Bo'lajak posbonlarning imkoniyatlariga baho beryapmiz, - deydi Abramov championat.asia saytiga.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика