Egor Krimec: "Maydonda faqat bitta jamoa bor edi"
13 mar 2019 10:46
Yangiliklar


Egor Krimec: "Maydonda faqat bitta jamoa bor edi"
OCHL 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" (1:0) uchrashuvidan keyin Egor Krimec mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.
"O'ylashimcha yaxshi o'yin ko'rsata oldik. Birinchi navbatda jamoaviy o'yin bo'ldi. Bir gap bilan aytganda bugun maydonda faqat bitta jamoa bor edi", - deydi Krimec.
- Stadionga odatdagidan ko'proq muxlislar keldi...
- Ochig'ini aytganda muxlislarni sog'inib qolgandik. O'tgan turda Eronda yaxshi natija qayd etganimiz uchun bugun ko'p muxlis kelishini kutgandik. "Al Ahli"ni mag'lub etdik, endi navbatdagi "Al Sadd" bilan bahsda yanada ko'proq tomoshabin keladi deb o'ylayman.
Jasur Aslanov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar