Terma jamoamizning yana bir azosiga Greciya va La Liga 2 jamoasidan qiziqish bor
15 iyu 2025 08:53
Yangiliklar
Terma jamoamizning yana bir azosiga Greciya va La Liga 2 jamoasidan qiziqish bor
"Paxtakor" va O'zbekiston MTJ azosi Abdurauf Bo'riev ham legionerga aylanishi mumkin.
22 yoshli yarim himoyachiga Greciyaning AEK va La Liga 2 vakili "Andorra" klubidan qizish bo'lmoqda. Bu haqida Tomas Bullok xabar bermoqda.
Malumot uchun, AEK o'tgan mavsum Greciya chempionatida 4-o'rinni qo'lga kiritgan.
"Andorra" klubi esa joriy mavsum La Liga 2 chempionatida debyut qiladi. Ushbu jamoaga Jerar Pike egallik qiladi.
Bo'riev joriy mavsum "Paxtakor" safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning "sherlar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning oxirida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar