Pol Gaskoynni hushsiz holda topishdi
21 iyu 12:49
Yangiliklar
Pol Gaskoynni hushsiz holda topishdi
Bu haqda "Mirror Football" nashri xabar berdi.
"Tottenxem" va "Nyukasl"ning 58 yoshli sobiq yarim himoyachisi Angliyaning Pul shahridagi uyida hushsiz holda topildi. Futbolchini so'nggi paytlarda unga uy yumushlarida yordam berib kelayotgan eski do'sti Stiv Foster shu holatda ko'rgan va darhol shifokorlarni chaqirgan.
Manbaga ko'ra, Gaskoyn reanimaciyaga yotqizilgan, biroq hozir uning ahvoli barqaror va tuzalib bormoqda. Taxminlarga ko'ra, sobiq futbolchi bir necha kun kasalxonada qolib, shifokorlar nazoratida bo'ladi.
Gaskoyn – Angliya futboli Shon-sharaf zali azosi. U 1990 yilgi Jahon chempionati va 1996 yilgi Evropa chempionatining ramziy terma jamoalariga kiritilgan. Ikki karra Shotlandiya chempioni, Angliya Kubogi va Shotlandiya Kubogi sovrindori sanaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar