So’nggi yangiliklar

00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  0 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  1 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40

Edgar Gess: "Davralar oralig'ida o'zgarishlar bo'lishi aniq" Yangiliklar

Edgar Gess: "Davralar oralig'ida o'zgarishlar bo'lishi aniq"

"Olmaliq" - "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi pfkbuxoro.uz sayti uchun qisqa intervyu berdi.
"O'yinni yaxshi tashkil qildik. Bugun biz hisobdan tashqari, boshqa hech nimada imkoniyatni boy bermadik. O'yin borasida ham, xavfli vaziyatlarni vujudga keldirishda ham biz ajoyib qarshilik ko'rsatdik. Lekin, shuncha imkoniyatlardan foydalana olmaganimiz bu achinarli. Umuman, o'yinimiz yomon chiqmadi", - deb gap boshladi Gess.

- So'nggi paytlarda "Buxoro"ga urilayotgan gollar juda ham oddiy va qo'pol xatoliklarimiz evaziga urilyapti. Mana shu holatlardan so'ng, jamoada o'zgarishlar qilish vaqti kelgandir?
- Albatta, bunaqangi gollarni o'tkazib yuborayotganimiz yomon. SHu sababli o'zgarishlar qilish vaqti keldi deb o'ylayman. Biz o'zgartirishlar borasida jiddiy o'ylanib qoldik va barcha ishlar boshlab yuborilgan.

- Demak, davralar oralig'ida "Buxoro"ga yangilar kelib qo'shiladi va tarkib ikkinchi davragacha kuchaytiriladi?
- Ha, albatta. 5-6 ta o'zgartirishlarni amalga oshirmasak bo'lmaydi. O'ylaymanki davralar oralig'ida o'zgarish bo'ladi.

Hozirgi kunda meni quvontirgan holat, o'zimizning mahalliy, yosh futbolchilarimiz oliy ligada yoshlariga qaramay gol kirita boshlashmoqda. Bu albatta, nafaqat bizning, balki butun o'zbek futboli yutug'i hisoblanadi", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Edgar Gess.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика