Edegor: "Menda doim Madridning "Real" jamoasida o'ynash orzusi bo'lgan"
08 okt 2020 10:18
Yangiliklar
Edegor: "Menda doim Madridning "Real" jamoasida o'ynash orzusi bo'lgan"
Norvegiyalik yarim himoyachi Martin Edegor Madridning "Real" klubiga qaytishi haqida gapirdi.
"Bizda men 2 yil "Real Sosedad"da o'ynashim borasida kelishuv bo'lgan edi, ammo menga "Real"dan qo'ng'iroq qilishni va ortga qaytishimni so'rashdi. Bu qandaydir drama bo'lmadi, barchasi oddiy. Uzoq diskussiya bo'lmadi. Menda doim Madridning "Real" jamoasida o'ynash orzusi bo'lgan.
Klub va Zidan mening "Real"da o'ynashimni xohlashdi, bori shu. Ha, Men Zidan bilan gaplashdim. Men u aytgan har qanday poziciyada o'ynayman. Joriy mavsumda muntazam ravishda asosiy tarkibda o'ynayapman, buni esa kutmagandim", - deydi Edegor.
21 yoshli norvegiyalik futbolchining "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi yana 3 yilga amal qiladi.
Fikrlar