So’nggi yangiliklar

11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  0 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  2 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  26 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  15

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (30-21-o'rinlar) Yangiliklar

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (30-21-o'rinlar)

Teglar :  Reyting
"Goal" nashri dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

30. MOYZE KEN

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 28 fevral, Italiya
Poziciyasi: Himoyachi
Jamoasi: "Verona" (Italiya)

18 yoshli futbolchi jamoasining asosiy hujumchilaridan biri. U bu mavsumda 19 uchrashuvda maydonga tushdi va 4 gol kiritdi. "Fiorentina"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. U "Verona" hamda "Yuventus"ning birgalikdagi mahsuli. U ikki jamoa tarkibida ham bo'lgan, biroq "byankoneri"lar tarkibida uzoq muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan.


29. TAKEFUSA KUBO

Tug'ilgan yili va joyi: 2001 yil 4 iyun, Yaponiya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Tokio" (Yaponiya)

Futbolchi Hindistonda bo'lgan 17 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashdi va bir gol kiritishga erishdi. U kichik bolakay kabi ko'rinishda, yuzi, tanasi shunday bo'lsa ham, xuddi katta kishilardek o'ynaydi va fikrlaydi. Uning qobiliyati yillar davomida shakllandi, 2011 yilda u "Barselona" bilan shartnoma imzoladi, biroq FIFAning taqiqi tufayli bu shartnoma keyinchalik buzildi. Hozircha u "Tokio"ning 23 yoshgacha bo'lgan jamoasida to'p tepmoqda.


28. ALBAN LYAFON

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 23 yanvar, Burkina-Faso
Poziciyasi: Darvozabon
Jamoasi: "Tuluza" (Franciya)

U 16 yoshidayoq "Tuluza"ning asosiy posboniga aylandi. 19 yoshga kiriboq juda katta tajribaga ega. Alban top-5 ligada debyut qilgan eng yosh darvozabon. U 16 yoshu 310 kunligida ilk uchrashuvda maydonga tushgan. Burkina-Faso davlatida tug'ilgan bo'lsa-da, Franciyaning 19 yoshgacha bo'lgan termasi uchrashuvlarida muntazam ravishda darvozani qo'riqlaydi. "Bolakay" bilan "Arsenal" shartnoma imzolash harakatida bo'lib yuribdi.


27. DIEGO LAINES LEYVA

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 9 iyun, Meksika
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Amerika" (Meksika)

Unga "meksikalik Messi" deb laqab qo'yishgan. CHapaqay, yuqori texnika sohibi. 16 yoshga kirganida debyut qilgan. Jamoa bosh murabbiyi Migel Errera uni hali biror marta tanqid qilmadi, faqatgina maqtadi. Lainesning o'yinlarini Evropaning grand klublari skautlari kuzatib borishmoqda. Yaqin yillarda uni ko'hna qitada ko'rib qolsak ajab emas.


26. RAFAEL LEAO

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 10 iyun, Portugaliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Sporting" (Portugaliya)

Leao "Sporting"ning asosiy hujumchisi emas. Biroq 18 yoshligida u "Portu"ga qarshi uchrashuvda gol kiritishga erishdi. 19 yoshli futbolchining tovon 45 mln evroga teng. Biroq u yaqin kunlarda jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi va uning tovon puli 100 mln evrogacha ko'tariladi.


25. LINKOLN

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 16 dekabr, Braziliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Flamengo" (Braziliya)

Linkoln va Vinisius Junior bir jamoada o'ynashadi. U "Flamengo" tarkibida bu mavsumda 6 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 gol kiritdi. Sifatli o'ynaydi, to'pni kam yo'qotadi. SHu boisdan uni Evropaning bir necha grand jamoalari sotib olishni rejalashtirishmoqda.

24. MIZYAN MAOLIDA

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 14 fevral, Franciya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Lion" (Franciya)

Aleksandr Lyakazet jamoadan ketayotganida aynan Mizyanni o'rinbosar qilib qoldirgandi. 19 yoshli futbolchida yuqori iqtidor bor, "Lion"da muntazam o'yin amaliyotiga ega. O'yinlari Bruno Jeneziuga maqul kelmoqda. U bu mavsumda 12 uchrashuvda qatnashdi va "Nicca" darvozasiga gol kiritdi.


23. GONSALO MARONI

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 18 mart, Argentina
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Boka Xuniors" (Argentina)

19 yoshli futbolchi Paulo Dibala kabi o'yin ko'rsatadi va bemalol Evropada o'ynay olishi mumkin. U zamonaviy futbolning klassik yarim himoyachisi sifatida etirof etilmoqda. Gonsalo 2016 yilda "Boka" bilan shartnoma imzoladi. Oldinroq uning o'yinlarini "Inter" va "Milan" skautlari kuzatib borayotgani borasida malumotlar berilgandi.


22. JORDI MBULA

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 16 mart, Ispaniya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Monako" (Franciya)

U "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Iqtidorlarni tayyorlab beradigan "Monako" uni 3 mln evroga sotib olgan va undan top-futbolchi tayyorlashga intilmoqda. Mbula 2016/17 yilgi yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionlar ligasida to'purarga aylandi. Effektiv o'yin ko'rsatadi. Biroq u Jardimning "Monako"siga hozircha kerak bo'lmayapti. Balkim uning ham vaqti kelib qolar.


21. MEYSON MAUNT

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 10 yanvar, Angliya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Vitess" (Gollandiya)

"CHelsi"ning yoshlar tarkibida o'zini ko'rsatgan futbolchi asosiy tarkibda o'ynay olmadi. SHu boisdan u Gollandiyaning "Vitess" jamoasiga ijaraga berib yuborildi. U bu mavsum Erediviziyada 23 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol urdi. Angliyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida doimiy ravishda o'yinlarda qatnashadi. U juda aqlli o'yin namoyish etadi, to'p oshirishlari ham anchagina sifatli. SHu boisdan u Gollandiyada yaxshi o'yin namoyish etmoqda.


(Davomi bor)

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (50-41-o'rinlar)

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (40-31-o'rinlar)


Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика