OFK klublar reytingi yangilandi. O'zbekiston o'z o'rnida qoldi
20 may 22:31
Yangiliklar
OFK klublar reytingi yangilandi. O'zbekiston o'z o'rnida qoldi
OFK matbuot xizmati qitadagi klublar o'rtasidagi xalqaro turnirlar yakunidan keyingi klublar reytingini yangiladi.
Unga ko'ra, O'zbekiston o'zi egallab turgan 9-o'rinda qoldi. Bu esa mamlakat chempioni Elit OCHLga, O'zbekiston kubogi sohibi esa OCHL 2'da qatnashadi degani.
Ushbu mavsum xalqaro turnirlarda Saudiya Arabistoni jamoalari eng ko'p ochkoni olishdi - 34,542. Yaponiya esa kuchli ikkinchi o'rinda qayd etildi - 27,970. Dastlabki ikki o'rinni egallagan davlat vakillariga Elit OCHLga 3tadan va OCHL 2'ga bitta yo'llanma taqdim qilingan.
Umumiy reytingning 3, 4 va 5-o'rinlaridagi Janubiy Koreya, BAA hamda Qatar mamlakatlariga Elit OCHLga 2+1 va CHL 2'ga bitta yo'llanma beriladi.
O'zbekiston, Malayziya, Avstraliya hamda Iroq mamlakatlariga Elit OCHLga ham OCHL 2'ga ham bir xilda - bittadan yo'llanma yozib qo'yilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar