So’nggi yangiliklar

09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  0 08:50Ўртоқлик учрашувлари. "Тоттенхем" "Нюкасл" билан, "Аякс" эса "Монако" билан дуранг ўйнади. "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0 08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (20-11-o'rinlar) Yangiliklar

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (20-11-o'rinlar)

Teglar :  Reyting
"Goal" nashri dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

20. REYSS NELSON

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 10 dekabr, Angliya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Arsenal" (Angliya)

Futbolchining shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi. Rahbariyat u bilan kelishuvni uzaytirishga harakat qilmoqda. Uning zarba kuchi juda yuqori, shuningdek, texnikali va juda mahoratli futbolchi. 19 yoshli futbolchi Arsen Vengerning nazariga tushgan. Evropa ligasi doirasida 8 uchrashuvda maydonga tushdi. APLda bir o'yin o'tkazdi. 


19. EDVARD NKETIA

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 30 may, Angliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Arsenal" (Angliya)

Nketia 2015 yilda "CHelsi"dan ketgan va "Arsenal"ga berib yuborgan. U noyabr oyida Angliya liga kubogi doirasida "Norvich" darvozasiga dubl qayd etganidan so'ng, "kanonirlar" muxlislari nazariga tushdi. Evropa ligasining 5 o'yinida qatnashdi. 18 yoshli futbolchini hozirdanoq "Arsenal" afsonasi Terri Anriga o'xshatishmoqda. Balkim rostdan ham shundaydir.


18. PAULINO

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 15 iyul, Braziliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Vasko Da Gama" (Braziliya)

Vasko da Gama akademiyasining Filippe Koutinodan keyingi eng qiziqarli futbolchisi. Paulino ancha vaqtdan buyon jamoaning asosiy tarkibi bilan birga. 17 yoshga kirganidan ikki ko'n o'tib, professional futboldagi debyutini o'tkazdi. O'tgan yili 17 yoshlilar o'rtasidagi jahon chempionatida Ispaniya va Germaniya kabi termalar darvozasiga gollar kiritishni uddaladi.


17. PETRO PELLEGRI

Tug'ilgan yili va joyi: 2001 yil 17 mart, Italiya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Monako" (Franciya)

Pellegri qishda "Jenoa"dan "Monako"ga 25 mln evro evaziga sotib oldi. Hozircha u yangi jamoasi tarkibida 4 daqiqagina harakat qildi. Ko'pchilik Pellegrini Zlatan Ibragimovichga o'xshatmoqda. SHeryurak, raqiblari bilan bemalol janjallashib ketadigan futbolchilar toifasidan. 


16. MAKSIMILIANO ROMERO

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 9 yanvar, Argentina
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: PSV (Gollaniya)

Romero 2015 yilda tizzasidan olgan jarohati sababli "Arsenal"ga o'ta olmadi. Biroq u jarohatidan yanada kuchliroq bo'lib qaytdi. Yanvar oyida uni PSV 10,5 mln evro evaziga transfer qildi. U Erediviziyada hali debyutini o'tkazmadi. Argentinada uning buyuk futbolchi bo'lishiga ishonishmoqda.


15. ABEL RUIS

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 28 yanvar, Ispaniya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Barselona" (Ispaniya)

U "Barselona"ning ikkinchi tarkibi bilan Segundada qatnashmoqda. Natijalar yomon emas - 20 o'yinda 3 gol. Uning o'yinlari "Valensiya" skautlariga yoqmoqda va u bilan shartnoma tuzishni istashmoqda. 


14. JEYDON SANCHO

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 25 mart, Angliya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Borussiya" D (Germaniya)

Sancho "Manchester Siti" akademiyasida tarbiyalangan. Biroq u Pep Gvardiolaning jamoasida o'ynay olmadi va o'tgan yozda "Borussiya"ga berib yuborildi. Transfer narxi - 8,7 mln evro. Ilk mavsumda u Bundesligada o'ynadi va 6 uchrashuvda maydonga tushdi. Jeydon o'ta hujumkor o'yin namoyish etadi. 17 yoshlilar Evropa chempionatida u shunday darajada ekanligini ko'rsata oldi.


13. MALANG SARR

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 23 yanvar, Franciya
Poziciyasi: Himoyachi
Jamoasi: "Nicca" (Franciya)

Sarr "Nicca"ning ikkinchi tarkibidagi chiroyli o'yinlari sababli asosiy jamoaga jalb etildi. Juda kuchli himoyachilardan biri, bemalol Franciya termasida ham o'ynatsa bo'ladi, deb hisoblashmoqda klub muxlislari. CHiroyli o'yinlari natijasida uning o'yinlariga Evropaning top jamoalari tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.


12. RAYAN SESSENON

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 18 may, Angliya
Poziciyasi: Himoyachi
Jamoasi: "Fulxem" (Angliya)

O'tgan mavsumda CHempionshipning eng yaxshi yosh futbolchisi. 17 yoshidayoq "Kreven Kottej"ning yoqimtoyiga aylanib oldi. U faqatgina himoyada emas, yarim himoyada ham o'ynay oladi. Uning to'p oshirishlari, texnikasi va chapaqayligi Garet Beylni eslatib yuboradi. U bu mavsumda 38 uchrashuvda maydonga tushib, 14 gol kiritdi. 17 yoshli himoyachi uchun dahshatli natija!


11. MILE SVILAR

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 27 avgust, Belgiya
Poziciyasi: Darvozabon
Jamoasi: "Benfika" (Portugaliya)

Uning jamoadagi debyut uchrashuvi bu mavsum ECHL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tdi. 18 yoshli bolakay o'shanda qanday darajadagi posbon ekanligini ko'rsatdi. U "Old Trafford"da penalti qaytarishga erishdi. Joze Mourino uni dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo'la oladi deb aytdi.

(Davomi bor)

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (50-41-o'rinlar)

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (40-31-o'rinlar)

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (30-21-o'rinlar)

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика