So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  0 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

Ko'cha futboli bo'yicha eng yirik chempionat O'zbekistonga qaytmoqda Yangiliklar

Ko'cha futboli bo'yicha eng yirik chempionat O'zbekistonga qaytmoqda

Teglar :  Red Bull
O'zbekistonda 4 ga 4 formatidagi ko'cha futboli bo'yicha eng yirik xalqaro turnir - Red Bull Four 2 Score 2026 saralash bosqichlari uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi.

Bu yil saralash bosqichlari uch shaharda bo'lib o'tadi: Samarqand, Farg'ona va Toshkent. Jamoalar darvozabonsiz, kichik maydonda hamda gollarni hisoblashning o'ziga xos tizimi asosida o'ynashadi. Mamlakat chempioni 17 may kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan milliy finalda aniqlanadi. Ishtirokchilar loyihaning rasmiy saytida ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Red Bull Four 2 Score — bu kichik maydonda o'tkaziladigan 4 ga 4 formatidagi futbol turniri. O'yinlar 10 daqiqa davom etadi, tanaffussiz va darvozabonsiz o'tkaziladi. Turnirning o'ziga xos jihati shundaki, o'yinning dastlabki va so'nggi 60 soniyasida kiritilgan gollar 2 ochkodan olib keladi. Musobaqada 25 dan ortiq mamlakat ishtirok etadi, g'olib jamoalar esa joriy yilning avgust oyida Kanadada bo'lib o'tadigan jahon chempionati finalida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Turnir bosqichlari:
•    Saralash bosqichi: Samarqand – 5 aprel
•    Saralash bosqichi: Farg'ona – 19 aprel
•    Saralash bosqichi: Toshkent – 2–3 may
•    Milliy final: Toshkent – 17 may
•    Jahon finali – 2026 yil avgust, Kanada.

Guruh bosqichida g'olib jamoa 3 ochko, mag'lub jamoa 0 ochko oladi. Agar 10 daqiqa yakunida hisob teng bo'lsa, har ikki jamoaga 1 ochkodan beriladi. Guruh bosqichida penaltilar seriyasi yoki “oltin gol” qo'llanilmaydi.

Oltin gol bu nima: Har bir jamoadan bittadan o'yinchi maydonga chiqib, 1 ga 1 formatida birinchi gol kiritilgunga qadar o'ynaydi. Qaysi jamoa birinchi bo'lib gol kiritsa, o'yin darhol yakunlanadi va o'sha jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi.

Turnirning milliy finali 17 may kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” futbol kompleksida bo'lib o'tadi.

O'z jamoangizni tuzing va loyihaning rasmiy saytida saralash bosqichiga ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling. Balki aynan siz va do'stlaringiz O'zbekiston chempioni bo'lib, mamlakatimizni Kanadada bo'lib o'tadigan jahon finalida munosib tarzda himoya qilarsiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика