So’nggi yangiliklar

16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  2 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  1 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  87 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0

Dunyo bo'ylab eng katta ko'cha futboli chempionati yana O'zbekistonda Yangiliklar

Dunyo bo'ylab eng katta ko'cha futboli chempionati yana O'zbekistonda

Teglar :  Red Bull
24 martdan 27 aprelgacha Toshkent shahrida xalqaro turnirning milliy bosqichi bo'lib o'tadi.

Bu musobaqa 4 ga 4 formatida – Red Bull Four 2 Score 2025 nomi ostida o'tkaziladi. Jamoalar darvozabonsiz, qisqartirilgan maydonda va noyob gol hisoblash tizimida raqobatlashadi. G'olib jamoa mamlakatni Avstriyadagi jahon finalida namoyish etishga haqlidir. Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tishi loyiha rasmiy saytida 13 aprelgacha amalga oshiriladi.



Red Bull Four 2 Score – bu kichik maydonda o'tkaziladigan 4 ga 4 futbol musobaqasidir. O'yinlar 10 daqiqa davom etadi, to'xtovlarsiz va darvozabonsiz o'tkaziladi. Turnirning o'ziga xos jihati shundaki, o'yinning birinchi va oxirgi 60 soniyasida kiritilgan gollar 2 ochko hisoblanadi. Musobaqada 25 dan ortiq mamlakat ishtirok etadi va g'oliblar Avstriyada, Red Bull Salzburg'ning uy arenasida o'tkaziladigan jahon finalida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Turnir bosqichlari:
     • 1-bosqich: Guruh bosqichi – 19-20 aprel
     • 2-bosqich: Pley-off / Milliy Final – 27 aprel
     • 3-bosqich: Jahon finali (Avstriya) - 2025 yil sentyabr

Guruh bosqichida g'olib jamoa 3 ochko, mag'lub jamoa esa 0 ochko oladi. Agar 10 daqiqadan keyin hisob teng bo'lsa, ikkala jamoa ham 1 ochko oladi. Guruh bosqichida penalti seriyasi yoki oltin gol tizimi tatbiq etilmaydi. Pley-off bosqichida esa, agar 10 daqiqadan keyin hisob teng bo'lsa, g'olib oltin gol qoidasi asosida aniqlanadi.



Oltin gol nima: Har bir jamoadan bitta o'yinchi 1 ga 1 o'ynaydi, birinchi gol urilgunga qadar. Jamoa oltin gol urganida, o'yin tugaydi va g'olib keyingi bosqichga o'tadi.

Turnirning milliy finali 27 aprel kuni Toshkent shahridagi Yunusobod sport majmuasida bo'lib o'tadi. Jamoangizni to'plang va loyiha rasmiy saytida 13 aprelgacha ro'yxatdan o'ting. Balki, siz va do'stlaringiz O'zbekiston chempionlari bo'lib, mamlakatni Avstriyadagi jahon finalida namoyish etasiz.

Qo'shimcha malumot:
loyiha rasmiy sayti 2025
• loyiha afishasi 2025
• 2024-yilgi Red Bull Four Two Score O'zbekiston fotosuratlari – bu erda
• 2024-yilgi News cut (tadbirning xom video kesimlari) – bu erda
• Turli mamlakatlardan fotosurat va videolar – bu erda

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика