So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Dubaydan yozamiz! Osiyo Kubogi-2019 qurasiga tayyorgarlik davom etmoqda Yangiliklar

Dubaydan yozamiz! Osiyo Kubogi-2019 qurasiga tayyorgarlik davom etmoqda

Teglar :  Osiyo kubogi-2019
Xabaringiz bor, bugun BAAning eng ko'rkam shaharlaridan biri Dubayda Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ushbu marosimni yoritish maqsadida futbol muxlislarining sevimli sayti "Championat.asia"dan ham vakil tashrif buyurgan. Hozirda Burj Xalifadagi "Armani Hotel" mehmonxonasida quraga tayyorgarlik davom etmoqda. Bu erda mehmonxonaga kiraverishdayoq futbol muhitiga duch kelasiz.

Ko'plab OFK vakillari hamda OAV xodimlari shu erda. Qura marosimi o'tkaziladigan zalda jurnalistlar uchun alohida joy qilingan bo'lib, ishlash uchun sharoit bor, lekin to qura marosimi tugamaguncha intervyu olishga ruxsat berilmaydi.

SHu o'rinda yana bir bor savatchalarni eslatib o'tamiz.

1-savatcha

BAA
Eron
Avstraliya
Yaponiya
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni

2-savatcha
Xitoy
Suriya
O'zbekiston
Iroq
Qatar
Tailand

3-savatcha
Qirg'iziston
Livan
Falastin
Ummon
Hindiston
Vetnam

4-savatcha
KXDR
Filippin
Bahrayn
Iordaniya
Yaman
Turkmaniston

Demak, O'zbekiston terma jamoasi 2-savatchadan joy olgan va bugun vakillarimiz guruhdagi raqiblarini bilib olishadi. SHunisi aniqki, BAA musobaqa mezboni bo'lgani uchun mazkur yurt terma jamoasi "A" guruhidan o'rin olib bo'lgan.

Sizningcha, O'zbekistonga raqib sifatida qaysi jamoalar tushgani maqul? Bu borada o'z taxminlaringizni bildirishingiz mumkin. Tadbir esa mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti 20:30)da start oladi.


Xayrullo Xoliqov Dubaydan championat.asia uchun mahsus


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика