So’nggi yangiliklar

23:58Шквирин "Андижон"да  0 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  7 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  3 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  12 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  12 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  4 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7

Eldor SHomurodov: "Eronga qarshi o'yin, Qirg'izistonga qarshi bahsdan osonroq bo'ladi" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Eronga qarshi o'yin, Qirg'izistonga qarshi bahsdan osonroq bo'ladi"

Xabaringiz bor, JCH-2026 saralashi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Eronni qabul qiladi.

Bugungi mashg'ulotdan avval terma jamoamiz sardori Eldor SHomurodov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Hammasi yaxshi. Tayyorgarlik kecha boshlangan. Ertadan keyin o'yin, vaqt kam qoldi. 

Albatta, Katanecning o'zi ishtirok etmasligi noxush xabar. Biroq uning yordamchilari bor va barcha kerakli ko'rsatmalarni ular orqali etkazib turibdi. Biz birinchi yil birga emasmiz, ancha yildan buyon Katanec bilan birgamiz. Bir-birimizni ham, Katanec nimani xohlashini ham hamma yaxshi tushunadi. O'ylaymanki, ortiqcha o'zgarish va qiyinchilik, hammasi yaxshi bo'ladi. 

Kerak bo'lsa, albatta, murabbiyning o'zi bilan ham telefon orqali gaplasha olamiz.

Oldimizda Eronga qarshi o'yin turibdi, birinchi navbatda unga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Yaxshi tomoni biz uyda, muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. SHu sababli ham faqatgina olti ochko uchun maydonga tushamiz. O'ylashimcha, bunga kuchimiz etadi.

Hali JCH yo'llanmasi haqida gapirishga erta. Hozir muhimi 3 ochko olish. Vazifamiz — Jahon chempionatiga chiqish. Birinchi o'rindanmi yoki ikkinchi, bunisini farqi yo'q. 

Uslub borasida hech qanday yangilik bo'ladi deb o'ylamayman. Yangi uslub kiritish uchun ancha vaqt talab qilinadi. Biz mana shu uslubga ko'p yillar davomida keldik va hozir ortiqcha yangilik bo'ladi deb hisoblamayman.

Muxlislarning oldida o'ynashimiz yaxshi yangilik. Uyda devorlar ham yordam beradi, deyiladi. Qo'shimchasiga, Eronga qarshi o'yin, Qirg'izistonga qarshi bahsdan osonroq bo'ladi. CHunki Qirg'iziston baribir ko'proq himoyaga tayanib o'ynadi, Eron bilan esa boshqacha o'yin bo'ladi. Biz bu jamoani yaxshi bilamiz. So'nggi yillarda ular bilan ko'p marta o'ynadik. SHuning uchun, qiziq bo'ladi deb o'ylayman. 

Eron terma jamoasi qanday o'ynashidan qati nazar, birinchi navbatda o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz muhimroq. Agarda o'zimiz istagandek o'ynay olsak, kuchli tomonlarimizni ko'rsata olsak, qolganining farqi yo'q. 

Jamoada barchasi yaxshi, futbolchilar ham klublaridan ajoyib holatda etib kelgan", - dedi Eldor SHomurodov.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика