Andres Inesta 2010 yilgi "Oltin to'p" haqida gapirdi
08 okt 2024 22:46
Yangiliklar
Andres Inesta 2010 yilgi "Oltin to'p" haqida gapirdi
"Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Andres Inesta bugun o'z faoliyatini rasman yakunladi. Futbolchidan 2010 yilgi "Oltin to'p" mukofoti haqida so'rashdi.
"Mening hayolimga birinchi navbatda muhabbat, insonlarga bog'liqlik va o'z ishim bilan boshqalarni baxtli qilish imkoniyati keladi. "Oltin to'p" – bu zo'r sovrin, futbolning bir qismi. Biroq, men faxrlanish deganda sovrinlar emas, futbolchi bo'lish orzusi va insonlarning mehrini qozonishni tushunaman.
Messi va Xavi bilan taqdirlash marosimidagi surat men uchun bu sovrinni shunchaki yutishdan ko'ra qadrliroqdir. "Oltin to'p" taqdirlash marosimida sahnada turgan uch nafar tarbiyalanuvchi – o'sha kun uchun oddiy sovrindan ko'ra muhimroq mukofot edi", -deydi Andres Inesta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar