So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  2 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Dragan Skochich: "O'zbekiston ham yaxshi o'yin ko'rsatdi" Yangiliklar

Dragan Skochich: "O'zbekiston ham yaxshi o'yin ko'rsatdi"

Bugun bo'lib o'tgan O'zbekiston - Eron o'rtoqlik uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi.

Bunda ishtirok etgan eronliklar bosh murabbiyi Dragan Skochichning fikrlari quyidagicha bo'ldi. 

- Birinchi navbatda har ikki mamlakat futbol federaciyalariga hozirgi qiyin vaziyatda ushbu o'yinni tashkil etib berishgani uchun rahmat aytaman. Bugungi o'yinga futbolchilarimizni yig'ish oson bo'lmadi. Albatta, mahalliy o'yinchilar bilan bu borada muammo bo'lgani yo'q, ammo Evropadan bir amallab etib kelgan futbolchilarga ham rahmat aytmoqchiman. 

- Bizda ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun juda qisqa vaqt bo'ldi: jamoa bilan atigi 2 bor uchrashib bitta mashg'ulot o'tkazdim. Birinchi taymda ikki xil taktikada o'ynashimizga to'g'ri keldi, kuchli va kuchsiz tomonlarimizni ko'rib oldik. Ikkinchi bo'limda o'yinimizni o'zgartirdik, 6 nafar futbolchi zaxiradan maydonga tushdi. Men yigitlardan chiroyli o'yin kutgandim va shunday bo'ldi ham. G'alabadan xursandman. O'zbekiston terma jamoasi ham yaxshi o'yin ko'rsatdi, bizga ko'p bosim keltirdi.


- Eron terma jamoasi azaldan himoyada yaxshi o'yin ko'rsatib kelgan. Bugungi bahsda jamoangizning himoya chizig'i haqida nima deya olasiz? 

- Avvalo shuni aytishim kerak, biz himoyaviy o'yin ko'rsatmadik. Jamoam imkon qadar hujum uyushtirdi. CHunki bir nechta vaziyatlarni yuzaga keltirdik. SHuningdek, raqib ham yaxshi o'ynaganni aytib o'tishim kerak. Lekin o'yinimizni himoyaviy deya olmayman. Etibor bering, 4-1-4-1 taktikasi bo'yicha harakat qildik, bu hujumkor uslub degani. Qanotlardan ham ko'p hujum uyushtirdik. Men odatda jamoam gol urishi uchun qulay taktikani belgilayman. O'rtoqlik o'yinlarida shuni sinab ko'rmasangiz qachon sinaysiz. Rasmiy o'yinlarda 4-2-3-1 taktikasini maqul ko'raman.


- Kecha o'tkazilgan O'zbekiston - Eron futzal terma jamoalari o'rtasidagi bahsda eronlik futzalchilar qo'lida qora belbog' yo'q edi. Lekin bugun futbolchilar qora lenta taqib tushishdi. Buning sababi nimada?

- Bu menga taalluqli savol emas, uzr. 


- Sizningcha, Eldor SHomurodov bilan Sardor Azmun o'rtasidagi farq nimada?

- Bir necha kun oldin SHomurodov Italiya klubiga o'tganini bilaman. Uning bugungi o'yini menda yaxshi taasurot qoldirdi. Sardor Azmun ham Evropaning eng kuchli klublaridan biri "Zenit"da o'ynayapti. Har ikkalasi yaxshi hujumchi.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика