Dragan CHeran: "Mavsum boshida barqarorlik etishmayotgandi. Yosh futbolchilar ko'p narsani tushunib etishmoqda"
17 iyu 13:38
Yangiliklar
Dragan CHeran: "Mavsum boshida barqarorlik etishmayotgandi. Yosh futbolchilar ko'p narsani tushunib etishmoqda"
"Paxtakor" etakchisi Dragan CHeran "Navbahor" bilan o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
"Har doimgidek, principial o'yin. Ikki jamoa darvozasi oldida ko'p vaziyatlar sodir bo'ldi. Gol etishmadi. Umuman olganda, natija adolatli. "Paxtakor" – "Navbahor" uchrashuvi doim yuqori temp ostida o'tadi. Ko'rgan bo'lsangiz, menda ham gol urish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi. O'tkir Yusupov bir nechta vaziyatlarda goldan qutqarib qoldi.
Albatta, mavsum boshida barqarorlik etishmayotgandi. Yosh futbolchilar ko'p narsani tushunib etishmoqda. Ular sekin-asta tajriba to'plashmoqda. Bizni ikkinchi davrada chempionlik kutmoqda. "Paxtakor" kurashadi", – deydi CHeran.
"SHerlar" navbatdagi turda 21 iyun kuni Olmaliqda OKMK mehmoni bo'ladi.
Fikrlar