So’nggi yangiliklar

21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"на ёрдам бера оладими?  0 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  17 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  4 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  40 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Doston Tursunov nima uchun Yaponiya klubiga o'tganini malum qildi Yangiliklar

Doston Tursunov nima uchun Yaponiya klubiga o'tganini malum qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Doston Tursunov Osiyo Kubogi-2019 oldidan Yaponiyaning “Renofa Yamaguchi” klubi bilan shartnoma tuzgan edi.

Mana yarim yildirki, hamyurtimiz Yaponiya J2 ligasida faoliyat olib bormoqda. Sekin-asta milliy terma jamoamizda ham o'z o'rnini topib borayotgan futbolchi hozirga qadar “Renofa Yamaguchi” tarkibida 12 ta uchrashuv o'tkazishga ulgurdi.

24 yoshli himoyachi O'FA matbuot xizmatiga Yaponiyadagi faoliyati qanday ketayotgani xususida gapirib berdi:

- Yapon futboliga ancha moslashib ulgurdim, desam bo'ladi. Bu erda J1 liga kabi J2 ligada ham uchrashuvlar ancha shiddatli kurashlar ostida kechadi. J2 ligada jami 22 ta klub ishtirok etadi. Har bir klub safida saviyali legionerlar to'p surishadi. Uchrashuvlarda temp ancha yuqori, futbolchilar ham jismonan, ham texnik jihatdan ancha kuchli. Tarkibga kirish uchun raqobat yuqori. Lekin men ham o'z mahoratimni ishga solishga harakat qilyapman.

Yaponiya chempionatidan, xususan J2 ligasi jamoasidan ham yuqoriroq ligalarga yo'l olish mumkin. Masalan, men ayni paytda faoliyat olib borayotgan “Renofa Yamaguchi” klubi yaqin vaqtlar ichida Yaponiya J1 ligasiga hamda Evropaning ayrim chempionatlariga o'yinchilar etkazib berdi. Men ham aynan shu sababdan mazkur klub safiga kelib qo'shilganman. Niyatim – bu erda o'z mahoratimni namoyish etib, kuchliroq klub tarkibidan joy olish. Qolaversa, milliy terma jamoamizning ham asosiy futbolchilaridan biriga aylanish. Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev va Egor Krimec kabi tajribali o'yinchilardan ko'p narsalarni o'rganishga harakat qilyapman. Nasib etsa, O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Qatarda o'tadigan Jahon chempionatida maydonga tushmoqchiman, - dedi futbolchi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика