So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қачон кириб келганини биласизми?  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  28 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

Dostonbek To'xtaboev: "Neftchi"ning kuchli tomonlarini to'xtatishga tayyor edik" Yangiliklar

Dostonbek To'xtaboev: "Neftchi"ning kuchli tomonlarini to'xtatishga tayyor edik"

O'zbekiston Kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan ikki uchrashuv bo'lib o'tdi.

Farg'onada "Neftchi" Muborakning "Mashal" jamoasini qabul qildi. Murosasiz va kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda omad Asror Aliqulov shogirdlariga kulib boqdi. Uchrashuvdan so'ng "Mashal" darvozaboni Doston To'xtaboev fikrlarini bildirdi.

- "Neftchi"ga qarshi uchrashuvda jamoangiz qanday o'yin namoyish etdi? Bellashuvda nimalar hal qiluvchi omil bo'ldi, deb o'ylaysiz?

- Ushbu g'alaba bilan "Mashal" muxlislarini tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, qiyin bo'lishi aniq edi. Biz uchun hech bir o'yin oson o'tmaydi. "Neftchi" hozirgi kunda O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. Shunga qaramay munosib tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiylar zarur ko'rsatmalarni berishdi. Bilasizmi, o'zimizga bo'lgan ishonch yanada yaxshilandi. Yuzimiz yorug' bo'lganidan xursandman.

- "Neftchi"ning asosiy ustunliklarini zararsizlantirishda jamoangiz qanday yondashuvni tanladi?

- Raqibimiz standart vaziyatlarda xavfli hisoblanardi. Ular o'yin davomida ham buni bizga qo'llashga urinishdi. Lekin biz bunga tayyor edik, jamoaviy harakatlarimiz orqali bunga erishdik. Maydonda har tomonlama to'g'ri o'ynadik deb o'ylayman.

- Mavsum boshida Pro ligaga qaytgan "Mashal" hozir Superliga etakchilariga qarshi ham muvaffaqiyat qozonmoqda. Jamoaning haqiqiy salohiyati endi namoyon bo'layaptimi?

- To'g'ri, kuchli jamoalardan ochko olishga, yutishga harakat qilmoqdamiz. Buni uddalayapmiz ham. Nafaqat kuchli raqib balki hamma jamoaga qarshi jiddiy hozirlik ko'rish lozim. Sharoitlarni yaratib berayotgan klubimiz rahbarlariga ham alohida rahmat aytgan bo'lardim. 

- Kelgusi maqsadlar va rejalar haqida ham to'xtalib o'tsangiz."Mashal" oldiga qanday marralarni qo'ygan?

- Maqsadimiz Superligada mavsumni 7-o'rinni yakunlash. Har bir o'yinda g'alaba qozonish, ochkolar qo'lga kiritish bizni yanada oldinga siljitib boraveradi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика