So’nggi yangiliklar

00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  15 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  13 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  0 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  10 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  62 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  298 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6 18:34ФИФА пенальти қоидаларини ўзгартиришни режалаштирмоқда  7 17:24Вольтемаде: "Бирор нарса қилиб, кейин "кечирасиз" дейиш футболнинг бир қисми эмас. Менга адолатли кураш ёқади"  4 16:56Суперлига. 24-турда ишловчи ҳакамлар маълум   0

Doston Tursunov: “2015 yilda menga JCH va OCHda o'ynash nasib qildi” Yangiliklar

Doston Tursunov: “2015 yilda menga JCH va OCHda o'ynash nasib qildi”

“Neftchi”ning olimpiya terma jamoasiga nomzod o'yinchilaridan biri bo'lgan Doston Tursunov yangi yil oldidan saytimizga kichik intervyu berdi.

- Yakuniga etib borayotgan yilni sarhisob qiladigan bo'lsak, shaxsan men uchun omadli kechdi. Klubda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan ersamda, yoshlar terma jamoasi safida Osiyo chempionati va kichik mundialda ishtirok etib qaytdim. O'ylaymanki bu har bir futbolchining orzusi. Bundan juda xursandman. Qolaversa 2015 yilda yangi tashkil etilgan olimpiya terma jamoasiga ham chaqiruv ola boshladim. Kelasi yil Qatarda o'tkaziladigan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Nasib qilsa bo'lajak nufuzli chempionatda ham munosib ishtirok etishga xarakat qilaman.

- O'zingizga yaxshi malum Farg'onaning Oltiariq tumanida tavallud topganman. Har gal yangi yilni uyda, oiladagilar bilan kutib olamiz. Soat 00:00 bo'lishini kutib o'tirardik. Bugun ham uyda bo'laman va yuqori kayfiyat bilan 2016 yilni qarshi olamiz.

- Fursatdan foydalanib, yangi yil bayrami munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman. 2016 yil barchamiz uchun omadli va barokatli kelsin. Yurtimizda tinchlik bo'laversin. Yaqinlarimiz hamisha sog' bo'lsin!

Islombek Rustambekov.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика