So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  0 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  14 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  156 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  5 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  1 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  11 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  2 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

Diyor Mirzaboev: "Yangier"dagi sharoitlar faqat futbol o'ynashga xizmat qiladi" Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: "Yangier"dagi sharoitlar faqat futbol o'ynashga xizmat qiladi"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Mashal" - "Yangier" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev fikrlarini bildirdi.

"Avvalo uzoq masofa bosib kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. O'yinga kelsak, hozir asabiy holatda ko'p vaziyatlarni eslay olmayman. Yaxshi infratuzilmaga ega jamoaga qarshi o'ynadik. Golni oddiy holatda o'tkazib yubordik. Ikkinchidan, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Gol urishiga qiynalmoqdamiz. Hech qaysi futbolchi atayin gol urmayman, demaydi. Alamli mag'lubiyat. "Mashal" begona emas, shu erni nonini eganman. Oldinda o'yinlar etarlicha. Vaziyatni o'nglay olamiz. Maqsadimiz kuchli beshlikka kirish. Golda esa diqqatni yo'qotdik. Markaziy himoyachilar etiborni ko'zdan qochirdi. Fikrim shunday",- deydi Diyor Mirzaboev. 

- Klubda moliyaviy holat qanday?

- Men kelgunimga qadar oqsash bo'lib turgandi. Yaqinda viloyat hokimi qabulida bo'ldik. Homiylar biriktirildi. Bitta odamga qiyin. Hozirgi kunda 2ta mukofot pulidan qarzdorlik bor. SHaroit faqat futbol uchun xizmat qilmoqda. Ishonchlarni oqlashga harakat qilamiz. 

- Zaxiradan tushgan futbolchilar qanchalik o'zlarini oqlashdi? 

- Vaziyatlar bilan, golli vaziyatni farqi bor. Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytira olishdi. Lekin natija yaxshi bo'lmadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика