So’nggi yangiliklar

17:10Мареска ишдан бўшатилди  0 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  5 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  2 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  3

Diyor Mirzaboev: “Imkoniyatlardan foydalanganimizda hisob yirik ko'rinishga kelgan bo'lardi” Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: “Imkoniyatlardan foydalanganimizda hisob yirik ko'rinishga kelgan bo'lardi”

Pro liga 10-turidan o'rin olgan “G'ijduvon” – “Yangier-quruvchi” (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida
- Og'ir uchrashuv o'tkazishimiz bildardik. CHunki “G'ijduvon” o'z maydonida hali mag'lubiyatga uchramagandi. O'z maydonida har qanday raqibga jiddiy muammolar keltirib chiqarishini bilardim. Qolaversa, tarkibimizda ham yo'qotishlar bor edi. Jarohat va sariq kartochkalar ko'paygani ishimizni og'irlashtirardi. Zaxira o'rindig'imiz kamchilikni tashkil qilgan bo'lsa-da, yigitlar harakter ko'rsatishdi. Ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Balki, ulardan foydalanganimizda hisob kamida 3:0 bo'lishi ham mumkin edi.

- Jamoa hujumchilarsiz o'ynamoqda. Bu sizni tashvishga solyaptimi?
- Albatta, tashvishga solmoqda. Lekin oxirgi bahslarimizga etibor qaratsangiz, bizda hujumchilar emas, boshqa poziciyadagi futbolchilar to'p kiritmoqda. Bizda hamma golni faqat hujumchilar uradi degan joyi yo'q. Kimda imkoniyat bo'ldi, u to'p kiritishi shart.

- Tez orada transfer oynasi ochiladi. Tarkibni kuchaytirish rejasi bormi?
- Hozirgi tarkibdan ko'nglim to'q. Lekin imkoniyat bo'lsa, ayrim chiziqlarni kuchaytirish uchun bir nechta futbolchilarni taklif qilishimiz mumkin.

- Jamoa 5-o'ringa ko'tarilib oldi. Vazifalar o'zgardimi?
- Bu vaqtinchalik holat deb o'ylayman. Oldinda muhim o'yinlar kutib turibdi. Qachonki ikkinchi davra yakunlanib, jamoa 5-o'rinda bo'lsa, vazifa bajarilgan bo'ladi. Qolaversa, jamoalar ikkiga bo'linadi, shunda yuqori o'rinlar uchun kurashuvchi jamoalar tomonida bo'lsak, unda biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadga erishgan bo'lamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика