So’nggi yangiliklar

23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  1 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  1 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  1 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  11 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  2 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  4 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  198 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11 19:42"Арсенал" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:19АПЛда октябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга даъвогарлар маълум  6 19:01Ҳоланд, Мбеумо, Тимбер ва бошқалар: АПЛда ой футболчиси аниқланмоқда  2 18:41FIFA U-17 Жаҳон чемпионати расмий тимсоли эълон қилинди  2 18:14"Футбол олами". Ҳакамлар билан боғлиқ баҳс-мунозаралар тинмаётган Кубок финали  10

Diyor Imomxo'jaev: "Futbol birlamchi emas, insoniylik, insonlar xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari doim birlamchi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Futbol birlamchi emas, insoniylik, insonlar xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari doim birlamchi"

O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev telegramdagi sahifasida so'nggi kunlarda o'zbek futbolida sodir bo'lgan holatlar bo'yicha fikrlarini bildirdi.

"Futbol hissiyotlarga boy o'yin. Biz o'yin vaqtida mutaxassislar hissiyotini to'g'ri tushunamiz. Ular hakamni so'kadi, futbolchilarni so'kadi, VAR tizimini so'kadi — barchasi tabiiy holat. 

Muxlislar ham shunday. Aytaylik, bir necha ming kishining og'ziga elak tutishning iloji yo'q. CHunki muxlislar orasida albatta tarbiyasizlari, savsiyasizlari ham bo'ladi. Rasmiy shaxslar esa bunga etibor qilmaslikka majburlar. Har akillagan itga javob qaytargan tomon g'olib hisoblanmaydi. Butun stadion jo'r bo'lib so'ksa, har bir muxlis bilan hisob-kitob qilishning imkoniyati yo'q. Bizni ham so'kishadi, izohlarda, stadionlarda va hokazo. Ignor qilamiz, normal echim shu. 

Qandaydir Angliyada biror klub rasmiylari jurnalistga hujum qilsa, uning texnik vositalarini o'zboshimchalik bilan tortib olsa, jamoatchilik uni tinch qo'ymaydi, masala hatto istefogacha etib boradi, holat shu klub va rasmiylarning keyingi faoliyatiga ham jiddiy tasir qiladi. CHunki hujumga uchragan inson o'rnida ertaga siz bo'lmasligingizga hech kim kafolat bermaydi. 

Bizda har kim axborot olish va uni tarqatish huquqiga ega. Futbolimizda u kim bo'lishidan qatiy nazar Reglamentga amal qilishga majbur. Hech kimning shohi yo'q. "Nasaf" murabbiyining ishi ham qo'mitaga oshirildi, o'z vaqtida "So'g'diyona" murabbiyining ishi ham oshirilgan. Ertaga "Paxtakor" murabbiyi ham shu kabi uyatli ishlar qilsa, unga nisbatan ham chora ko'riladi. Biz musobaqalarimizda faoliyat olib borayotgan OAV vakillarini shu musobaqalar doirasida himoya qilamiz. Agar OAV biror murabbiyning shaxsiy hududiga ruxsatsiz, etika normalariga zid ravishda kirib borsa, biz albatta shu mutaxassis tomonida bo'lamiz. 

Samvel Babayanning Namanganda faoliyat olib borishida yutuqlar bo'lyapti. Klub chempionlik uchun davogar, farm-jamoa Pro ligaga yaqin turibdi, U19 jamoa ham oltin medallar uchun asosiy kurashchi. Coca Cola Superligasida kuchli raqobat bo'lishi uchun bizga Berdievlar, Qosimovlar, Babayanlar, Abramov-u SHackixlar kerak. Biroq bunda hamma teng. Hech qaysi biri alohida vakolatlarga ega emas.

Va albatta muxlislar ham kengroq fikrlashlarini istardik. Maydonga tosh uloqtirayotgan ahmoqlar uchun bitta savolimiz bor: maydonda otangiz yoki farzandingiz bo'lsa ham shu ishni qilarmidingiz? Savol hech bo'lmasa o'ylantirib qo'ygan bo'lsa, jilla qursa vijdoningiz bor. SHu ham tasir qilmasa, manqurtdan farqingiz yo'q. Futbol birlamchi emas, insoniylik, insonlar xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari doim birlamchi. Buni hurmat qilish shart!", – deyiladi xabarda.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика