So’nggi yangiliklar

18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  1 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  2 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  6

Diyor Imomxo'jaev: "2024/25 yilgi mavsumdan etiboran OFK kvota ajratishda so'nggi 8 yillik natijalarga etibor qaratadi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "2024/25 yilgi mavsumdan etiboran OFK kvota ajratishda so'nggi 8 yillik natijalarga etibor qaratadi"

CHempionlar Ligasiga 1 ta va OFK Kubogiga 1 ta yo'llanma.

"Ha, bu biz uchun kam. Kvotalar sonini yildan yilga oshirib borish esa o'zimizning qo'limizda. Tushuntirishga harakat qilaman. 

OFK kvotalar belgilashda so'nggi 4 yillik natijalarga etibor qaratib kelayotgandi. Buning natijasida biz 2023/24 yilgi mavsum uchun "2+2" kvotasiga ega chiqdik. Hozirgi holatda g'arb mintaqasida Saudiya Arabistoni, Eron va Qatardan ortdamiz. 

2024/25 yilgi mavsumdan etiboran OFK kvota ajratishda so'nggi 8 yillik natijalarga etiborini qaratadi. Oqibatda BAA ham bizdan o'zib ketadi. CHunki taxminan 2014-17 yillar davomida futbol klublarimiz xalqaro maydonda juda sust ishtirok etgan. Hisoblash esa 2015 yilni ham nazarda tutadi. Pandemiya sabab 2020 yil hisobga kiritilmaydi. 



Fevral oyida "Nasaf", avgustdan boshlab "Navbahor" va AGMK, sentyabrdan boshlab "Paxtakor" va "Nasaf" CHempionlar Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tilakdoshmiz. Bu esa kvotalarimiz sonini oshirishga yordam berishi mumkin. Hozirgi holatda esa BAA ham ancha ilgarilab ketgan.



O'sha 2014 yillardan boshlab biz licenziyalash jarayoniga past nazar bilan qaraganmiz, futbol klublarimizni tom manoda professional futbol klublariga aylantirishda ko'zbo'yamachilik bilan mashg'ul bo'lganmiz. "Futbol sharhi", "Sokker klub" kabi dasturlar, "Erudit sport" gazetasidagi maqolalar bejiz yaxshi ko'rilmagan, chunki o'sha vaqtlardagi holat ularda ifoda etilgan. Biz haqiqiy holatimizni aniq tan olishimiz va keyingi rejalarni shunga qarab moslashtirishimiz shart. Biroq afsuski, bugun biz sms yozgan shaxslar Abbos Fayzullaevning CHempionlar Ligasida ehtimoliy Ronalduga qarshi o'ynashidan ko'ra uning U-20 Osiyo Kubogida to'p tepishini ko'proq istamoqda. Bu esa bizga potencial SHomurodovlarni emas, bir necha yil yo'qolib qolib, keyin katta qiyinchilik bilan oyoqqa turadigan Iskanderovlarni taqdim etishi haqiqatga yaqinroq. Kelajak avlod bizdan ranjimasligi uchun ham xushyorroq bo'lishimiz shart", – deyiladi Imomxo'jaev yozgan postda.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика