"Dinamo" Rossiya, Armaniston va Qozog'istonning ko'p karra chempionlariga qarshi o'yin o'tkazadi
03 fev 18:27
Yangiliklar
"Dinamo" Rossiya, Armaniston va Qozog'istonning ko'p karra chempionlariga qarshi o'yin o'tkazadi
"Klub matbuot xizmati 1-yig'inda bo'lgani kabi Dubaydagi 2-yig'inni ham to'liq yoritib borishni rejalashtirgan.
Xususan, 12 fevral kuni 13 karra Armaniston chempioni "Pyunik" bilan bahs o'tkazilsa, 14 fevralda Rossiyaning 3 karra chempioni "Lokomotiv" Moskvaga qarshi maydonga tushiladi. Yana ikki kun o'tib — 16 fevralda esa Qozog'istonning 7 karra chempioni "Astana" klubi "Dinamo"ga qarshi o'yin o'tkazadi. 19 fevralda esa 2025 yil Qozog'iston Premer-ligasida 4-o'rinni egallagan "Elimay" klubi ko'hna shahar jamoasining Dubay yig'inidagi so'nggi raqibiga aylanadi.
Ushbu bahsdan keyin "Dinamo" O'zbekistonga qaytib, Samarqandda o'tadigan Superliga 1-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o'yinga hozirlik ko'radi", – deyiladi xabarda.
"Dinamo"ning BAA 2-yig'inidagi o'yinlari ro'yxati (6–19 fevral):
9 fevral. Abu-Dabi
"Dinamo" – "Zenit" (Rossiya)
12 fevral. Dubay
"Dinamo" – "Pyunik" (Armaniston)
14 fevral. Abu-Dabi
"Dinamo" – "Lokomotiv" (Rossiya)
16 fevral. Dubay
"Dinamo" – "Astana" (Qozog'iston)
19 fevral. Dubay
"Dinamo" – "Elimay" (Qozog'iston)

Avvalroq "Dinamo" "Zenit" bilan o'ynashi haqida malumotlar paydo bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar