So’nggi yangiliklar

23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  0 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  4 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  3 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   8 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  9 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  9

"Dinamo" "Orol"ga 6ta gol urdi Yangiliklar

"Dinamo" "Orol"ga 6ta gol urdi

Birinchi Liga 31-tur doirasida bugun Nukusning Orol jamoasini qabul qilgan Samarqandning Dinamo klubi raqib ustidan yirik 6:1 hisobida zafar quchdi.
Bunga qadar Dinamo jamoasi ketma-ket 22 o'yinda g'alaba qozongan bo'lsada, Qoraqalpog'iston klubi ham so'nggi ikki o'yinda 7 marotabadan gol urib, raqib darvozasiga 14 marta ishg'ol etgandi. SHu bois o'yinning shiddatli o'tishi kutilgandi.

Bahs mezbonlarning hujumkorligi ostida boshlanib, o'yinning 2-daqiqasidayok Dinamo to'purari Amirjon Safarov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, hisobni ochdi, 1:0.

Goldan ruhlangan mezbonlar hujumlar sonini oshirishda davom etishdi. Bu 30-daqiqada yana o'z samarasini berdi. Amirjon Safarovning jarima maydoniga yorib kirib, yo'llagan zarbasi Orol darvozasidan o'rin oldi. Bu Safarovning joriy yilgi 20-goli bo'lib, u to'purarlar poygasida yaqqol etakchiga aylandi, 2:0.

Ikkinchi bo'lim ham mezbonlarning ustunligi ostida o'tdi. 55-daqiqada Jasur Azimov jarima maydoni chizig'i ustida ikki himoyachini dog'da qoldirib, joriy yilgi ilk goli bilan ajoyib ko'rinishdagi golga mualliflik qildi. Uning zarbasi darvoza to'siniga tegib, to'rdan joy oldi, 3:0.

Oradan 10 daqiqa o'tar-o'tmas shu kuni qanotda ancha faol o'yin namoyish etgan Dinamo jamoasi sardori Akmal Bozorov o'ziga oshirilgan uzatmadan foydalanib, hisobni yirik ko'rinishga etkazdi, 4:0.

Ushbu daqiqalarda samarqandlik futbolchilarni to'xtatib qolish raqib uchun juda qiyin bo'ldi. 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alisher Xoliqov ikki himoyachidan qochib ketib, darvozabonga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi, 5:0.

Aynan ushbu goldan keyin maydon egalari xotirjamlikka berilishgandek bo'ldi. Buni esa raqib jamoa safidagi O'zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Navro'zbek Alimov kechirmay, hisobdagi nursizlikni yo'qotdi, 5:1.

O'yin ushbu natija bilan yakunlanishiga oz qolganda, zaxiradan maydonga tushgan yana bir Asomiddin Mamatov bunga rozi bo'lmadi. Aynan uning say-harakatlari evaziga himoyachi va darvozabon xatoga yo'l qo'yishdi, yosh hujumchi esa raqiblarni ayamadi – 6:1.

Ushbu g'alaba Dinamoning ketma-ket 23-g'alabasi bo'lib, jamoa 70 ochko to'plab turnir jadvalida karvonboshchilik qilishda davom etmoqda.

Samarqand klubi navbatdagi uchrashuvni 15 oktyabr, shanba kuni Urganchning Xorazm jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Birinchi Liga. 31-tur.

12 oktyabr (chorshanba).

DINAMO - OROL - 6:1

Samarqand, 1500 tomoshabin.

Gollar:
Amirjon Safarov 2, 30, Jasur Azimov 55, Akmal Bozorov 63, Alisher Xoliqov 77, Asomiddin Mamatov 90+1 – Navro'zbek Alimov 81.

Dinamo: Mixail Naumov, Bunyod Isroilov (Xakimxon Alamxonov), Aleksey Nikolaev (Ubaydullo Nabiev, 46), Mirkomil Lokaev, Iskandar Xolmirzaev (Komil SHarofutdinov), Akmal Bozorov, Omadjon Tayloqov, Jasur Azimov, Jonibek Ko'chimov, Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 46) Amirjon Safarov (Asomiddin Mamatov).

Orol: Salamat Otamurodov, Eshniyoz Jamiev, SHariyar Karimbaev, Navro'zbek Xaipov, Samat Palvanov, Temur Turdiev, Islambek Seytnazarov, Rasul Musaev, Rinat SHaymanov, Navro'zbek Alimov, Kayrat Gaziev.
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика