So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Dinamo matbuot xizmati: Murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishi haqidagi xabarlar asosga ega emas Yangiliklar

Dinamo matbuot xizmati: Murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lishi haqidagi xabarlar asosga ega emas

Teglar :  Dinamo
Dinamo klubi rahbariyati qarori bilan joriy mavsum boshida jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan Hakim Fuzaylov klubdagi 8 oylik faoliyatidayoq Samarqand jamoasini muddatdan avval Pro ligadan Superligaga olib chiqishga erishdi.


Eshitdik-da: Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar shtabi kelasi mavsum "Dinamo"ni boshqaradi        


«Dinamo» jamoasi tajribali mutaxassis qo'l ostida Pro ligada muvaffaqiyatli ishtirok etdi va muxlislar hamda rahbariyat ishonchini qozonib, Superligaga yo'llanma oldi.

Bugun, 29 oktyabr kuni championat.asia sayti «Eshitdik-da: Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar shtabi kelasi mavsum «Dinamo»ni boshqaradi» sarlavhasi ostida xabar elon qilib, «Dinamo» kelasi mavsumni Hamidjon Aktamov qo'l ostida boshlashi, unga Samarqand klubidan qiziqarli taklif tushgani, shu bois ushbu mutaxassis «Qizilqum»dagi murabbiylar shtabi bilan birgalikda yangi klubga yo'l olishi mumkinligi, keyingi yil klub juda katta byudjetga ega bo'lishi» haqida tasdiqlanmagan va haqiqatga mos bo'lmagan malumotlar yozgan.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati shuni malum qiladiki, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Klub rahbariyati va bosh homiysi «Agromir» jamoani Superligaga olib chiqqan murabbiylar shtabi bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirgan", - deb yozadi Samarqand klubi matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика