"Dinamo" Kievning seriyasi davom etadi
25 okt 2024 00:53
Yangiliklar
"Dinamo" Kievning seriyasi davom etadi
Kievning "Dinamo"si evrokuboklarning guruh bosqichidagi g'alabasiz seriyasini davom ettiradi.
Aleksandr SHovkovskiy boshchiligidagi jamoa bugun umumiy guruh bosqichi 3-turida "Roma" maydonida mag'lub bo'ldi. Umuman olganda kievliklar ushbu mavsumda hali ochko olganicha yo'q. Jamoa "Lacio"ga 0:3 va "Xoffenxaym"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
SHu orqali "Dinamo"ning evrokuboklar guruh bosqichidagi g'alabasiz seriyasi 15 o'yinga etdi. So'nggi bora jamoa 2020 yil ECHLda "Ferencvarosh"ni mag'lub qilgandi. SHundan keyin "Dinamo" 2021/22 yilgi mavsum ECHLda 1 durang, 5 mag'lubiyat, 2022/23 yilgi Evropa ligasida ham shunday natija qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar