So’nggi yangiliklar

08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11

"Dinamo": Eng yaxshilar taqdirlandi Yangiliklar

"Dinamo": Eng yaxshilar taqdirlandi

Teglar :  Dinamo
Dinamo jamoasi muddat avval Oliy Liga yo'llanmasini qo'lga kiritgach, Samarqanddagi so'nggi o'yindan keyin aksariyat futbolchi va muxlislar taqdirlanishdi.

Jumladan, jamoaning tajribali himoyachisi, butun mavsum davomida yoshlarga o'rnak bo'la olgan Aleksey Nikolaev klub tomonidan Yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Futbolchiga sovrinni Samarqand viloyat Futbol Federaciyasi vice-prezidenti SHuhrat Sayfullaev topshirdi.

Birinchi Ligada eng ko'p o'yin o'tkazib, eng kam gol (19) o'tkazgan Mixail Naumov Eng yaxshi darvozabon deb etirof etildi. Mohir posbonga faxriy yorliq hamda esdalik sovg'ani Samarqand viloyat Dinamo Sport Jamiyati raisi Server Osmonov topshirdi.

Dinamo jamoasining 21 yoshli hujumchisi Amirjon Safarov joriy mavsumda mavsumning kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Safarov chempionat davomida Dinamoning g'alabalariga katta hissa qo'shib, 23 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida etakchilardan biri bo'ldi. Aynan shu bois, u Dinamoning 2016 yildagi eng yaxshi to'purari faxriy yorlig'i hamda sovrini bilan taqdirlandi. Unga sovg'ani Bunyodkor hujumchisi Bahodir Nasimov topshirdi.

2016 yilgi mavsum davomida Dinamo jamoasini xoh uydagi, xoh safardagi o'yinlarida ashaddiy muxlis SHavkat Burhonov sevimli jamoasini qizg'in qo'llab-quvvatlab, muxlislarga o'rnak bo'la oldi. Fidoyilikka javoban ashaddiy ishqiboz Dinamo klubi tomonidan Yilning eng jonkuyar muxlisi deb topilib, faxriy yorliq va Dinamo klubi futbolchilari dastxati tushirilgan to'p bilan taqdirlandi.



Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика