"Dinamo" Elguja Grigalashvili bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi
30 iyu 2022 16:08
Yangiliklar
"Dinamo" Elguja Grigalashvili bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi
"Dinamo" Elguja Grigalashvili bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi
Superliga ikkinchi davrasi oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan "Dinamo" jamoasi o'z safiga legioner futbolchi qo'shib oldi.
Yozgi transfer oynasi yopilishiga bir necha soat qolganida "Dinamo" klubi gruziyalik legioner Elguja Grigalashvili bilan kelishuvga erishdi. Kuni kecha, 29 iyul kuni "Navbahor" bilan xayrlashgan 32 yoshli hujumkor yarimhimoyachi bugun, 30 iyul kuni "Dinamo" PFK bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Unga ko'ra, Grigalashvili 2023 yil oxiriga qadar jamoamiz sharafini himoya qiladi.
"Dinamo" Tbilisi tarbiyalanuvchisi sanalmish Elguja bunga qadar "Dinamo" Batumi, "Torpedo" (Kutaisi), Kipr klublari, "Qizilqum", AGMK va "Navbahor" sharafini himoya qilgan. Gruziya milliy jamoasi safida to'p surgan. U Superliga 1-davrasida "Navbahor" safida 12 o'yinda maydonga tushib, 3ta golga mualliflik qilgandi.
"Dinamo" jamoasiga xush kelibsan, Elguja", — deyiladi samarqandliklar xabarida.
Eshitdik-da! Grigalashvili "Navbahor"ni tark etdi, uning yangi jamoasi malum
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar