So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Dinamo 4 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi Yangiliklar

Dinamo 4 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Teglar :  Dinamo
Yangi mavsumga Hakim Fuzaylov qo'l ostida tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi.

Ikki haftadan buyon Samarqandda mashg'ulotlar o'tkazayotgan jamoa safida bir qator futbolchilar ko'rikda ishtirok etmoqda. Murabbiylar shtabi aksariyat futbolchilar masalasida aniq qarorga kelgach, klub bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolab, aksariyati bilan kelishuvni uzaytirdi.

Xususan, «Dinamo» jamoasi safida 2020 yilgi mavsumda ham to'p surgan himoyachi Obid Jo'raboev, Komil SHarofutdinov, Muhammadqodir Hamraliev, darvozabon Farhod Rahmatov bilan shartnoma uzaytirilib, futbolchilar 2021 yilda ham «Dinamo» safida qoladigan bo'lishdi. SHuningdek, amalda shartnomasi bo'lgan yarimhimoyachi SHoxruh Abdurahmonov ham yangi mavsumni «Dinamo» safida boshlaydi.

«Dinamo» bilan 2021 yilning iyul oyiga qadar shartnomasi bo'lgan darvozabon Botirali Ergashev bilan amaldagi kelishuv ikki tomonning roziligi bilan bekor qilingani bois, futbolchi jamoa bilan xayrlashdi. «Dinamo» PFK Botirali Ergashevning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

Malumot uchun, «Dinamo» jamoasi kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Jismoniy tayyorgarliklar «Olimpiya» stadioni zalida o'tkazilayotgan bo'lsa, mashg'ulotlar CHarxin va Samarqand tumanidagi BO'SM maydonida o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика