Dilyaver Vaniev: "Buxoro" barcha jabhada "Mashal"ni mag'lub etdi"
05 okt 2022 11:25
Yangiliklar
Dilyaver Vaniev: "Buxoro" barcha jabhada "Mashal"ni mag'lub etdi"
Pro liga 20-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Mashal" (3:0) uchrashuvidan so'ng muborakliklar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin haqida gapirish juda og'ir. Barcha jabhada "Buxoro"ga yutqazdik. Bugun o'z jamoamni tanimadim. Orada nazorat uchrashuvini o'tkazdik, "Buxoro"ga o'xshagan raqib bilan o'ynagandik.
O'yinni tahlil qilamiz. Bilaman, bugungi mag'lubiyatdan keyin biz tomonga ko'p negativ fikrlar bildiriladi. Ammo etiborni tahlilga qaratishimiz kerak.
Ilk daqiqalardan jamoamiz o'ziga o'xshamayotgani sezilib turgandi. Himoyadan hujumga o'tishdagi tizimli xatolar yakunda natijaga tasir qildi", – dedi Dilyaver Vaniev.
- "Buxoro"dan shunday o'yin kutganmidingiz?
- Albatta, "Buxoro" o'z maydonida hujumkor o'ynashini bilardik. Birinchi raqam bo'lib o'ynashini tushunardik. Biz esa aytganimdek, himoyadan hujumga chiqishda muammolarga duch keldik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar