Dilshod Saitovga Turkiya va BAA jamoalari qiziqmoqda
04 dek 2023 16:08
Yangiliklar
Dilshod Saitovga Turkiya va BAA jamoalari qiziqmoqda
Gap "Paxtakor" futbolchisi Dilshod Saitov haqida ketmoqda. Himoyachi Turkiya va BAA klublari qiziqishlari doirasida turibdi. "SHerlar" ustozi mazkur vaziyatga quyidagicha izoh berdi:
"Ha, unga bildirilgan takliflar bor. Unga arablar tomonidan qiziqish bo'lmoqda. Ko'ramiz, muzokaralar olib boramiz. Biz uchun futbolchining fikri muhim. Unda yarim yil ijarada o'ynab qaytish varianti ham bor.
Bizning siyosatimiz shundan iboratki, agar futbolchida boshqa jamoaga ketish varianti bo'lsa, biz uni qo'yib yuborishga tayyormiz. Futbolchining umri qisqa, chetga ketib, kuchliroq jamoalarda o'ynashi, pul ishlashi kerak",- deydi Maksim SHackix.
Malumot uchun, Dilshod Saitov 2023 yilgi mavsum Superligada 18ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2ta gol, 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar