Dilshod Irsaliev: "Jahon chempionatidagi hissiyotlarni so'z bilan tariflab bera olmayman"
20 iyu 2024 19:36
Yangiliklar
Dilshod Irsaliev: "Jahon chempionatidagi hissiyotlarni so'z bilan tariflab bera olmayman"
"Jahon chempionatida qatnashgan vaqtlarimdagi hissiyotlarni so'z bilan tariflab bera olmayman. O'zbek futzali tarixidagi birinchi Jahon chempionatida qatnashish orqali muxlislarga ajoyib lahzalarni hadya qilgan edik. Jahon chempionatidagi ishtirokimizni kutilmagan mag'lubiyat bilan boshladik. 2-turda musobaqa mezboni Kolumbiyaga qarshi so'nggi soniyalarda o'tkazib yuborilgan gollar evaziga g'alabani qo'ldan chiqarganimiz alamli bo'lgan. Balki o'sha uchrashuvda g'alaba qozonganimizda guruhdan chiqqan bo'larmidik. Portugaliyaga qarshi bahsda yirik hisobda mag'lub bo'lganimizga qaramay, o'yinni yomon o'tkazmagan edik.
Boshlanajak mundialda yigitlarga omad tilayman. O'ylaymanki, muxlislar ko'magi ostida ular kamida guruhdan chiqish vazifasini uddalaydi. SHaxsan o'zim jamoamiz yarim finalga qadar etib borishiga ishonaman", - dedi Irsaliev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar