So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Dilshod Andaev: “Janubiy Koreya bilan o'yinda ham yigitlarimizdan g'alaba kutyapmiz” Yangiliklar

Dilshod Andaev: “Janubiy Koreya bilan o'yinda ham yigitlarimizdan g'alaba kutyapmiz”

Malumki, bugun Xitoy davlatida bo'lib o'tayotgan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining yarim final o'yinlariga start beriladi.

Yana bir nechta soatlardan so'ng start oladigan O'zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi oldidan yoshlar bilan ishlash bo'yicha mamlakatimizdagi taniqli mutaxassislardan biri Dilshod Andaevning fikrlari bilan qiziqdik.  

- Albatta vakillarimizning Janubiy Koreyaga qarshi bo'lajak uchrashuvini intizorlik bilan kutyapmiz. Bu o'yinni “Mashal” futbol klubning barcha azosi kuzatib borishga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'zbekiston yoshlar terma jamoamizning imkoniyatini yuqori baholayman. Agarda Yaponiyaga qarshi ko'rsatgan o'yinni bugungi bahsda namoyish etishsa, ishonamanki final yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.  

- Tarkibda o'zgarish qilish u qadar shart emas deb o'ylayman. Menimcha Yaponiyaga qarshi tushgan eng optimal tarkibimizdir. Futbolchilarimiz himoyada xushyorroq bo'lishi kerak. SHuningdek oldingi chiziq vakillari yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishi zarur.  

- Menimcha Janubiya Koreya chorak finaldagi raqibimiz Yaponiya yoshlar terma jamoasiga nisbatan kuchliroq. Lekin O'zbekiston yoshlar terma jamoasi koreyslarga qarshi bemalol o'ynay oladi. 2:1 hisobida g'alaba qozonishimizni tahmin qilyapman. Qolganini o'yin ko'rsatadi.  


Islombek Rustambekov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика