Dilshod Abdullaev: "Jahon chempionatida o'yindan o'yinga ishonchimiz ortib bordi. Franciyadan qo'rqmadik va g'alaba uchun harakat qildik"
28 noy 2023 14:08
Yangiliklar
Dilshod Abdullaev: "Jahon chempionatida o'yindan o'yinga ishonchimiz ortib bordi. Franciyadan qo'rqmadik va g'alaba uchun harakat qildik"
Himoya qo'rg'onida ishonchli o'yin ko'rsatgan va muxlislar etirofiga sazovor bo'lgan Dilshod Abdullaev Jahon chempionati hissiyotlari bilan bo'lishdi.
"Jahon chempionatida o'ynash har bir futbolchining orzusi. U erdagi muhit, maydonlar, raqiblar umuman boshqa darajada. Bizning guruh eng kuchlisi edi. Oddiy jamoalar, deb bo'lmasdi.
Ilk turdan so'ng futbolchilar o'zaro barchasini kelishib oldik. Bizni faqat g'alaba qoniqtirardi. Kanada, Ispaniya, Angliya bilan uchrashuvlarda o'zimizga ishonch ortib bordi. Franciyadan qo'rqmadik va g'alaba uchun harakat qildik. Maydonda raqib kim bo'lishi ahamiyatsiz edi, ortga yo'limiz qolmagandi. Tarix yaratmoqchi edik, o'xshamay qoldi.
Bungacha bosib o'tilgan yo'lda murabbiylarimga, qolaversa, ekran ortida har bir o'yinimizni hayajon bilan kuzatgan Nodirxo'ja aka Yuldashevga alohida katta rahmat aytaman. Bizni 2 yil davomida tayyorlagan terma jamoa murabbiylariga, O'FAdagi xodimlarga ham tashakkurimni bildirib qolaman", – deydi Dilshod Abdullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar