So’nggi yangiliklar

19:18Кападзе навбатдаги икки ўйинда миллий жамоамизни бошқарса...  0 19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  2 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  3 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0 17:49Ҳендерсон Премьер-лигага қайтиши мумкин  0 17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  27 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   11 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1 15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0

Devlar o'ldi, futbol qutildi Yangiliklar

Devlar o'ldi, futbol qutildi

Italiya terma jamoasining muvaffaqiyati bilan yodda qolgan yirik musobaqalarda bir jihatga doim etibor qaratganman. “Moviy gvardiyachilar” guruh bosqichini juda o'limtik ruhda o'tkazadi, o'ylaysizki, ularda chempionlik uchun ishtiyoqning o'zi yo'q.

Ammo jamoa o'yindan o'yinga kuchayib boradi. Guruhdan bir amallab chiqib olgan bo'lsa-da, buyog'iga raqiblarning kuchayib borishi — Italiyaning ham kuchiga kuch qo'shadi. Xitoydagi Osiyo CHempionatida ishtirok etayotgan futbolchilarimiz misolida o'sha Italiyani ko'rgandek bo'ldim.

Koreyaga qarshi bellashuvning asosiy daqiqasi durang bilan yakuniga etganidayoq terma haqida iliq fikrlar bildirilgan maqola yozish fikri tug'ildi. CHunki men ancha vaqtdan buyon o'zbekistonlik futbolchilar ko'zida o't ko'rmayotgandim. Jahon CHempionatining saralash o'yinlarida milliy terma jamoa qanchalik sovuqqon ko'ringan bo'lsa, kechagi futbolchilar buning tamomila aksi bo'ldi. Ular qarshilarida qanday raqib turganini go'yoki unutib qo'yishdi yoki o'z kuchlariga bo'lgan ishonch sabab, Osiyoning futboli taraqqiy etgan ikki mamlakati darvozasiga 4 tadan gol urishdi.

Ko'rdik, guruh bosqichidagi jamoada chempionlik ruhiyati yo'q edi. Ammo chorak finaldan boshlab O'zbekiston termasi yovuz raqibga aylandiki, biz futbolchilarda maksimal harakatlarni payqay boshladik. Bilasizmi nima, gap o'sha 4 ta gol-u, final yo'llanmasida ham emas. Gap yigitlarning va nihoyat uyg'onayotganida, o'z kuchiga bo'lgan ishonchida. Men aynan shuni ko'rishni istardim.

SHuning uchun ham Jahon CHempionati yo'llanmasidan chetda qolib ketgan Jasur Abduraimov jamoasining yoni bo'ldim. Ular haqiqiy futbol nima ekanin ko'rsatishdi, bir daqiqa bo'lsin, tinim bilishmadi. Bu esa bizdagi potencialdan dalolat beradi.

Kim nimani istagandi?

Xitoyga ketish oldidan Ravshan Haydarov bilan ko'rishdik, matbuot anjumanida. Qaltis savollar berdim, tanloviga qo'shilmasligim haqida aytdim — chunki men jurnalistman, vazifam shu. Haydarovda jamoasiga bo'lgan ishonchdan boshqa narsa yo'q edi. Savollarimga tabiiyki, dadil javob qaytara olmadi. Agar natija ko'rsata olmaganida, tan olib aytaman, bundan battaroq ahvolda ham qolardi. Ammo muhimi — biz istayotgan savollarga quruq safsata to'qishi emas, jamoa o'yini bilan amalda o'sha savollarga javob bera olish. Hozir shunday bo'lyapti.

Babayan shtabida ishlagan murabbiyda etarlicha bosim bo'ldi. SHuning uchun ham u o'zini ko'rsatishni istayotgandi. Haydarovni Tokio—2020 Olimpiadasi-yu, “Nasaf” yoki “Paxtakor”ning CHempionlar Ligasidagi ishtiroki umuman qiziqtirmayotgandi. U o'z jamoasi manfaatidan kelib chiqib ish ko'rdi va bu normal holat. O'ziga yillar davomida yog'ilgan tanqidlarga munosib javob berish uchun hozir unda imkoniyat bor. Va biz ham bunga qarshi emasmiz. “Ana, men nima degandim”, — deya ko'krak kerish emas maqsad. Maqsad — ko'zi yonib turgan, egnidagi libos zalvorini his qilayotgan va muvaffaqiyatga erishish uchun hech narsadan tap tortmaydigan futbolchilarni ko'rish. Men so'nggi ikki o'yinda mana shunday jamoani ko'rdim.

O'FF prezidenti esa umuman boshqa dardda edi va uning xayollari Haydarovnikidan butkul farq qilardi. CHunki unga farqi yo'q muvaffaqiyat Haydarovniki bo'ladimi yoki boshqa kimniki, muhimi JCH—2018 chiptasi ham sarobga aylangach, futboldan bezib ketgan odamlarga qisman bo'lsa-da umid qaytarish. O'sha biz kerak emas deya hisoblayotgan turnirlarda-da maksimal o'ynashimiz shart, deb hisoblaydi u. Ko'ryapmizki, Yaponiya va Janubiy Koreya taslim etilgach, ko'pchiligimizda kayfiyat ko'tarildi, chunki jamoa bizga yurak hovulab o'tiriladigan futbolni emas, hammamiz istagan hujumkor o'yinni taqdim etdi.

Xulosa

Ikki yil avvalgi turnir bizga muhimroq edi. Ikki yil keyingisi ham shunday bo'ladi. Biz esa arosatda to'y qilib turibmiz. Men nima demoqchiman, agar to'g'ri ishlanganida, ikki yil avval ham balki Rio yo'llanmasiga ega chiqishimiz mumkin edi. Bunday xulosani bizga Babayan maktabi vakili bo'lgan Haydarovning o'zi ko'rsatib berdi. Demak, bizda tanlov 200 foiz noto'g'ri bo'lgani to'la isbotlandi. O'sha Rio Olimpiadasi-yu, Rossiya mundiallari noto'g'ri tanlov kasriga qo'ldan ketdi.

Maqola Italiya bilan boshlanib, uning o'zi bilan tugashi mumkin, to'g'rimi? Italiyada futbol oyoqosti bo'la boshlagach, katta inqilob boshlangandi. O'ylashimcha, shu vaqtgacha bo'lgan ikki yil ichida bizning futbol ham loyqalanishning yuqoriga cho'qqisiga chiqqandi. Hozir bunga sabab odamlardan biri “mening vatanimni erga urishga nima haqqingiz bor”, — deya jar solib, ochko ishlab yuribdi.

Muallif :
Reyting: +159   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика