Desham Franciyaning Millatlar ligasidagi maqsadi haqida gapirdi
03 iyu 2022 08:07
Yangiliklar
Desham Franciyaning Millatlar ligasidagi maqsadi haqida gapirdi
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Daniyaga qarshi o'yin oldidan terma jamoaning musobaqadagi maqsadi haqida gapirdi.
"Biz jismoniy holat bo'yicha mo'jiza kutayotganimiz yo'q, ammo barqarorlikka erishishni istaymiz. Bazi futbolchilar uch, yana kimlardir ikki haftadan beri o'ynamayapti. Millatlar ligasi haqida gapiradigan bo'lsak, men o'rtoqlik o'yinlarini sog'inayotganim yo'q. Raqiblar topish ham qiyin bo'lib ketdi. Bunday musobaqalar doim qiziqishga sabab bo'ladi. Bizning vazifamiz - guruhda g'alaba qozonib, finalga yo'l olish", - dedi Desham.
Eslatib o'tamiz, Franciya - Daniya o'yini bugun 23:45 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar