Depay "Barsa" bilan shartnomasi amalga oshmagani haqida: "Yaqin kelgan edi. Ular qiziqishni saqlab qolishlari mumkin"
08 okt 2020 16:18
Yangiliklar
Depay "Barsa" bilan shartnomasi amalga oshmagani haqida: "Yaqin kelgan edi. Ular qiziqishni saqlab qolishlari mumkin"
"Lion" hujumchisi Memfis Depay "Barselona"ga o'ta olmagani haqida gapirdi.
"Hayot davom etadi. Hammasi juda yaqin edi. Tafsilotlarni ochmayman, ammo transferga to'sqinlik qilgan bazi qoidalar mavjud edi. Ammo men hamma narsaning sababi bor deb hisoblayman.
Hozir bor etiborimni "Lion"ga qarataman va bu erda yana muhim rolni o'ynamoqchiman. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday kecharkin. Agar men o'z ishimni qilishni davom ettirsam, "Barselona" qiziqishni saqlab qolishi mumkin. Hozir esa men qo'shilib olishim kerak", - deydi Depay.
Eslatib o'tamiz, Depay yozgi transferlar oynasida "Barselona"ga o'tishga yaqin edi, ammo yakunda transfer amalga oshmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar