Denis Korostichenko: "Bunyodkor" zaxirasi biznikidan kuchliroq ekan"
23 noy 2024 19:09
Yangiliklar
Denis Korostichenko: "Bunyodkor" zaxirasi biznikidan kuchliroq ekan"
Denis Korostichenko: "Bu bitta gol hal qiladigan bahslardan edi. Ikkala jamoa Superligada jon saqlab qolish uchun kurashdi. "Bunyodkor" gol urdi va g'alaba qozondi.
- "Olimpik" birinchi bo'limda "Bunyodkor"ga qaraganda yaxshiroq harakat qildi, ammo ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushganlar o'zini ko'rsata olishmadi, "Bunyodkor"da esa aksincha. Jamoani zaxirasi juda kuchsiz. Jon saqlab qolish uchun motivaciya topish qanchalik qiyin bo'lyapti?
- Rostdan ham har o'yin motivaciya topishga qiynalyapmiz. Bugun ikki asosiy futbolchimiz betobligi tufayli maydonga tushmadi va bu bizga tasir qildi. Zaxiradan bahsga qo'shilganlar safida Oybek O'rmonjonov biroz sust harakat qildi, ammo u hali yosh, qolganlar yomon harakat qilishmadi. Demak, "Bunyodkor" zaxirasi biznikidan kuchliroq.
- "Olimpik" so'nggi turda "Surxon" bilan o'ynaydi. Jamoada ligada jon saqlab qolish uchun imkoniyat bor. Bu bahs haqida nima deya olasiz?
- Bugun yutganimizda hammasi hal bo'lardi, buyog'iga barchasi o'zimizga bog'liq emas. Albatta, g'alaba uchun harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar