So’nggi yangiliklar

18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  5 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  5 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  7 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1

Denis Korostichenko: "Boshqa bahslarni umuman kuzatmadik" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Boshqa bahslarni umuman kuzatmadik"

"Lokomotiv" - "Metallurg" o'yinidan (3:1) so'ng "temiryo'lchilar" ustozi Denis Korostichenko bahs haqida fikr bildirdi.



- Birinchi navbatda muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlar bu g'alabaga munosib edi. Buni uzoq kutgan edik. Avvalgi o'yinlar, "Paxtakor" va "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvlarda ham yaxshi harakat qilgandik. Bugun raqibdan ustunroq edik. Ular ham harakat qilishdi, himoyadan o'ynab, qarshi hujumlarni maqsad qilishgandi. Jamoamiz biroz bo'shashgandek bo'ldi, buni keyinroq ko'rib chiqamiz. Mavsum hamma uchun yakunlandi, biroq biz uchun emas. Yana bitta o'yin o'tkazishimiz kerak. Unga tayyorlanamiz. Navbatdagi bahsda chempionatdagi o'rnimizni saqlab qolishga urinamiz.

- Parallel o'yinlarni kuzatib borishda hayajon bosdimi?

- To'g'risini aytsam, boshqa bahslarni umuman kuzatmadik. CHunki bor etiborni o'z o'yinimizga qaratdik. Uchrashuvdan keyingina boshqa uchrashuvlar natijasini ko'rmoqchi edik. Men ham, Mirko ham so'raganimiz yo'q. Ammo telefoni borlar hisoblarni aytib turishdi.

- Joriy mavsumda "Lokomotiv" safida 7 nafar futbolchi chempionatda debyut o'yinini o'tkazdi. Keyingi yil ham yoshlarga etibor qaratishda davom etasizmi?

- Albatta. Akademiyamizdan ham yaxshi futbolchilar etishib chiqmoqda. Ularni tezda asosiy tarkibga kirita olmaymiz, chunki ruxiy va jismoniy holatni ham hisobga olish kerak. Biroq har qanday holatda ularni qo'llab-quvvatlaymiz. Ayni damda asosiy vazifamiz Superligada qolish. Agar jamoamiz ligada qolsa asosiy tarkibdan ko'proq yoshlar joy olish mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика