Dembele: "Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi"
15 fev 2021 07:02
Yangiliklar
Dembele: "Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi"
"Barselona" forvardi Usmon Dembele kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi haqida gapirdi.
"Messi - geniy, futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi. U bilan o'ynash - men uchun g'urur. Lionel meni bolaligimda ilhomlantirgan va hozir ham ilhomlantirishda davom etmoqda.
U sizga doim eng yaxshi pasni beradi va shu sabab siz yaxshi poziciyada paydo bo'lasiz", - deydi franciyalik hujumchi.
33 yoshli Messi "Barselona" libosida joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar