Debyut o'yinida Ipsvichni yuta olmagan Amorim nimalar dedi?
25 noy 2024 08:53
Yangiliklar
Debyut o'yinida Ipsvichni yuta olmagan Amorim nimalar dedi?
Kecha Ruben Amorim boshchiligidagi Manchester Yunayted APLning navbatdagi turi doirasida Ipsvichga qarshi bahs olib bordi.
Bahs yakunidan so'ng mehmonlar ustozi Ruben Amorim debyut uchrashuvi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
«Hozirgi vaqtda bizdan nimalarnidir kutish imkonsiz. Bugungi bahs biz uchun syurpriz bo'lmadi.
Bugungi bahsda futbolchilarim harakat qilishganliklarini ko'rdim, ular g'alaba uchun intilishdi. Qiyin vaqtda ham ular biz istayotgandek harakat qilishga intilishmoqda.
Hozirgi holatimiz muxlislarga yoqmasligi aniq. Biroq biz asta-sekin, turma-tur kuchayib boramiz va shundan so'ng g'alabalar keladi. Buning uchun esa malum muddat kerak bo'ladi. Bitta narsani tushunishingiz kerak, biz endigina ikkita mashg'ulot o'tdik.
Bugungi bahsda Onana bo'lmaganida mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi», — dedi Amorim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar