De Laurentis "Napoli" muxlislaridan uzr so'radi
30 dek 2023 15:10
Yangiliklar
De Laurentis "Napoli" muxlislaridan uzr so'radi
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis jamoaning hozirgi natijalari haqida gapirdi.
Jamoa kuni kecha "Monca" bilan durang o'ynadi (0:0).
"Bu mening gardanimda va bu mening xatom. Bu mavsum uchun futbolchilar va murabbiylar javobgar emas, bu mening aybim. "Napoli" muxlislaridan uzr so'rayman. Yanvar oyida yangi futbolchilarni olib, vaziyatni o'nglaymiz", – dedi De Laurentis.
Ayni paytda "Napoli" 28 ochko bilan Italiya A Seriyasida 7-o'rinni band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar