De Dzerbi: "Grinvud dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin"
19 okt 18:20
Yangiliklar
De Dzerbi: "Grinvud dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin"
Roberto De Dzerbi Meyson Grinvud dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkinligiga ishonch bildirmoqda.
"Marsel" hujumchisi Liga 1 ning 8-turida "Gavr"ga qarshi o'yinda (6:2) poker qildi. "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi o'z faoliyatida birinchi marta bir o'yinda to'rtta gol urdi va hozirda Franciya chempionati to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinda bormoqda.
"Unda dunyoning eng zo'r futbolchilaridan biri bo'lish uchun zarur bo'lgan barcha fazilatlarga ega. U eng zo'r o'yinchilaridan biri bo'lishi mumkin. Meyson juda istedodli, lekin u jamoa uchun yanada foydali o'ynashi kerak.
Men uni himoya qilmoqchiman, Grinvudni tanqid qilishlarini yoqtirmayman - u ko'p gol urdi, hech qachon mashg'ulotlarni qoldirmadi, ammo uning o'sishi uchun hali ko'p imkoniyatlar bor," - dedi "Marsel" bosh murabbiyi De Dzerbi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar
Atayin xato qilish✓