"Barselona" etakchisini "Manchester Siti"ga sotmaydi
08 dek 13:04
Yangiliklar
"Barselona" etakchisini "Manchester Siti"ga sotmaydi
"Manchester Siti" Pep Gvardiola yillar davomida qiziqib keladigan Frenki de Yongni sotib olish uchun yana bir bor urinib ko'rdi.
Angliya klubining moliyaviy tomondan baquvvat ekanligi ularga har qanday murakkablikdagi bitimlarni tuzishga imkon beradi, ammo bu transfer hali ham erishib bo'lmaydigan darajada: "Barselona" ham, futbolchining o'zi ham bir necha bor "yo'q" degan.
"El Nacional" nashrining xabar berishicha, "Siti" yana 70 million evro taklif qildi va "Barselona"ning yangilangan sport tuzilmasi moliyaviy foyda olish uchun sotishni ko'rib chiqishiga umid qilmoqda. Ammo kataloniyaliklarning javobi o'zgarishsiz qolmoqda: de Yong sotilmaydi.
Takidlanishicha, futbolchining o'zi ham ketishni o'ylamaydi. De Yong uzoq vaqtdan beri "Barselona"da professional va shaxsiy jihatdan o'z o'rnini topgan va o'zini loyihaning muhim qismi deb biladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar